Линклар

Blog: "Конец света" lar jonga tegdi-ku...


Maya qabilasi bashorat qilgan 2012 yilning 12 dekabradi boshlanadigan qiyomat haqida olingan "2012" filmini ko'rgan bo'lsangiz kerak.

Maya qabilasi bashorat qilgan 2012 yilning 12 dekabradi boshlanadigan qiyomat haqida olingan "2012" filmini ko'rgan bo'lsangiz kerak.

Muallif/blogger: Hikmatillo

Odamlarga qo'yib bersang har kunni "конец cвета" qilib yuborishadi-ya...

21 may kuni "bugun qiyomat kuni bo'lar ekan" degan gaplarga qulog'im tushib qoldi. Bu haqda ayniqsa Rossiya matbuotida va bloggerlari orasida keng muhokama qilindi. Rossiyaning ichida vahimachilar yetmaganidek, o'zimizning o'zbek yigit-qizlarimiz ham o'zlarining "mikroblog"larida shu haqda yozishni boshlashdi.

Biznikilarga hayronsan-da. Huddi boshqa qiladigan ishi yo'qdek. Rostdan ham shu safsataga ishonishdi ham deylik. Unda "mikroblog"ni "gullatmasdan", ibodat qilsang foydaliroq-ku! To'g'rimi?

Rostini aytsam, shaxsan men o'zim bu haqida birinchi bo'lib o'sha kuni eshitdim. Eshitib yoqami tishladim...

Undan 3 kun avval bir tanishim (rus yigit) "2-kurs bizga nasib etmasakan" deb qoldi... Hayron bo'lib, bu be'mani gapining sababini so'radim. Shunda u "Baribir, 25 avgust kuni "конец cвета" bo'ladi. 2-kurs bo'lish nasib etmasakan" deydi! Shundan so'ng 21 may kunidagi "qiyomat" haqida eshitganimda o'ylanib qoldim. Nahot odamlar "конец света"ni shunchalar hohlashyapti? Yoki ular bu gaplarni shunchaki "prikol" qilish maqsadida tarqatishadimi?

O'sha 21 may kuni qiyomat bo'lishini bashorat qilgan (fol ochgan) Harold Kemping (Harold Camping) ismli amerikalik bashoratchi (aniqog'i, folbin) 21 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 19-00 da dunyo bo'ylab magnitudasi 10-11 balga teng yer silkinishi bo'ladi, degan"mish". Essiz, nima uchun o'sha folbin Yaponiyada bo'lgan yer silkinishi haqida oldindan ogohlantirmagan ekan-a? Ahir qancha odamni qutqarib qolgan bo'lardi. Qizig'i shunda-ki, bu folbin 1994 yilda ham "конец cвета" bo'lishi haqida bashorat qilgan ekan. 21 may kunida bashorat qilgan "qiyomat"i yuz bermaganidan so'ng, Harold Kemping qiyomat sanasini besh oyga, ya'ni 21 oktabrga surib qo'ydi. Ahir bu ochiqdan-ochiq safsatabozlik emasmi?

21 may kuni bashorat qilingan qiyomat haqida eshitganimdan so'ng, Internetni titkilay boshladim. Ishonmaysiz, butun rus saytlari shu kunga bashorat qilingan qiyomat haqida "bong" urayotgan edi.

Keyin "Wikipedia"dagi bir maqolaga ko'zim tushib qoldi. U yerda shu kungacha bashorat qilingan "конец cвета"larning ro'yxatini yozib qo'yibdi. Shuni ko'rgandan so'ng yana bir bor amin bo'ldim-ki, dunyo qachon tugashi faqatgina uning o'ziga ayon.

Mana bu link orqali siz shu kungacha bashorat qilingan, lekin amalga oshmagan "конец света"lar haqida ma'lumot olishingiz mumkin.
XS
SM
MD
LG