Линклар

Blog: Universitet yoki qamoqxona


2010 yil iyun voqealari davomida univyersitet jihozlari bosqinchilar tomonidan avval talanib, so‘ngra binoga o‘t qo‘yilgan edi.

2010 yil iyun voqealari davomida univyersitet jihozlari bosqinchilar tomonidan avval talanib, so‘ngra binoga o‘t qo‘yilgan edi.

Qirg‘izistondagi Jalolobod shahri meri shahardagi tadbirkor Qodirjon Botirovga tegishli Xalqlar do‘stligi universiteti binosini viloyat ichki ishlar boshqarmasiga berishni yoki bu binoni shahar militsiyasining vaqtincha saqlash izolyatoriga aylantirishni taklif qildi.

Bu yangilik chiqganidan so'ng bir vaqtlar ushbu universitetda taxsil olgan Jalolobod viloyatining Suzoq qishlog'i turg'uni, bizning bloggerimiz Kamoliddin bu haqda o'z fikrini blog orqali boshqalar bilan o'rtoqlashish taklifini o'rtaga tashladi. Quyida Kamoloddinning maqolasini keltiramiz.

Universitet yoki qamoqxona…

To'g'risni aytsam, bugungi yangiliklarda Jalolobod shahar meri Maksatbek Jenbekovning shahar kengashi deputatlariga qilgan bu taklifini o'qib shok holatiga tushdim. O'z taklifida, Jalolobod meri Jenbekov Olimjon Qodirov (Qodirjon Botirovning otasi taxr.) nomidagi Xalqlar do’stligi universiteti binosini shahar militsyasi balansiga o’tkasib, undan qamohona yoki IVS, ya'ni izolyator sifatida foydalanish fikrini aytgan. Shahardagi yagona zamonaviy bino va o’z vaqtida Jaloloboddagi birinchi xususiy universitetni qamoqxona/izolyator sifatida foydalanish taklifi sababi ham sir emas -- universitetning egasi yangi qirg'iz hokimiyati tarafidan o’tgan yilgi Iyun fojealarini uyushtirganlikda ayblanayotgan jalolobodlik tadbirkor Qodirjon Botirovligidir.
2010 yil iyun voqealari davomida univyersitet jihozlari bosqinchilar tomonidan avval talanib, so‘ngra binoga o‘t qo‘yilgan edi.

Shahar markazida Suzoq mahallaga kiraverishda qurilgan ushbu zamonaviy ta'lim markazini izolyator/qamoqxonaga aylantirish firkri chiqganligi va bu fikr oddiy shaxslardan emas, balki shaharni yuksaltirish vazifasi yuklangan shahar meridan chiqishi odamni juda… yumshoq qilib aytganda hayron qoldiradi. Bir bo’lsa Jenbekov janoblarini O’sh shahar hokimi Melis Mirzakmatovning halq orasidagi “obro' e'tibori” tinchlantirmayabdi shekilli.

Ayni damda esa qirg'iz hokimlari 2011 yilni Qirg'izistonda millatlararo totuvlik yili deb nomlanganligini va chiroylik so'zlar bilan yozilgan etnik siyosatlarni og'izni ko'pirtirib dunyoga maqtanishmoqda. Bunga yaqqol misol - yaqindagina hurmatli prezidentimiz Ro’za O'tunboyeva Yevropaga qilgan rasmiy tashrifi davomida yevropaliklarga Qirg'izistonda millatlararo aloqalar yaxshilanyotgani haqida bayonot bergan edi. Mana natijasi...

Bir vaqtlar asosan o'znek yoshlari taxsil olgan zamonaviy ta'lim markazini izolyatorga aylatirish ruschasiga aytkanda "absurd" fikrga o'xshaydi. Jalolobodlik o'zbeklar uchun esa shahar merining bu taklifi davom etayotgan tayziqning bir ko'rinishi holos. Jismoniy, moddiy tayzik endi "moralniy" ko'rinishga o'tdi. Ikki millatni yaqinlashtirish o’rniga uning aksini qilayotgan bu hokimlar qaysi maqsadni kozlamoqchi ekan? Ramziy bo'lmish "xalqlar do'stligi" nomiga ega bo'lgan universitet endi xalqalr do'stligi qamoqhonasiga aylantiriladimi?

Hammaga aql-idrok va sabr-toqat tilab,

Kamoliddin, Suzoq

***

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG