Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:38

O‘n ming so‘mlik pullarning muomalaga chiqarilishi vaziyatni yengillashtirmaydi


O‘zbekiston Markaziy Banki yaqin kunlarda o‘n ming so‘mlik yangi banknot muomalaga chiqarilishini tasdiqladi. Bank mulozimlaridan birining Ozodlikka aytishicha, o‘n ming so‘mlik banknot nusxasi parlament a’zolariga tasdiqlash uchun taqdim qilingan.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda qizil rangli, Shahrisabzdagi Amir Temur yodgorligi surati tushirilgan o‘n ming so‘mlik banknot surati va O‘zbekiston Markaziy Bankining yangi banknotni chiqarish haqidagi qarori nusxasi tarqaldi.

Shahrisabzdagi Amir Temur manumenti surati tushirilgan o‘n ming so‘mlik banknot surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Shahrisabzdagi Amir Temur manumenti surati tushirilgan o‘n ming so‘mlik banknot surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Bu fotosuratlarning haqiqiyligini tasdiqlash hozircha imkonsiz.

Bu fotosuratlarning haqiqiyligini tasdiqlash hozircha imkonsiz.
Bu fotosuratlarning haqiqiyligini tasdiqlash hozircha imkonsiz.

Suratdagi qaror matnida yangi pulni chiqarish 20 fevralda qabul qilingani, Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan o‘n ming so‘mlik banknotning namunasi va dizayni ma’qullangani aytiladi.

Lekin qarorda banknot qachondan muomalaga chiqarilishi haqida ma’lumot yo‘q.

Hozir O‘zbekistonda eng katta banknot besh ming so‘mlik hisoblanadi. Besh ming so‘m rasmiy kurs bo‘yicha 1,5 AQSh dollari, “qora bozor” kursida esa 80 tsentga teng.

Ayni paytda iqtisodiy tahlilchilar O‘zbekistonda 10 000 so‘mlik banknot muomalaga chiqarilishi vaziyatni yengillashtirmasligini, hozirgi vaziyatda 50 va 100 ming so‘mlik kupyuralarni chiqarish zarurati borligini aytishmoqda.

“50.000 va 100.000 so‘mliklarniyam chiqarish kerak. Ana shunda hammayoqda bankomatlar o‘rnatsa bo‘ladi. Hozirgi holatda 10 ming so‘mlikni chiqarilishi vaziyatni yengillashtirmaydi. 10 ming so‘mlik "qora bozor"da bir yarim dollar turadi”, deya fikr bildirdi toshkentlik iqtisodchi Tohir Sobirov Ozodlik bilan suhbatda.

O‘zbekistonda 1994 yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘mlik banknotalar va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik tangalar muomalaga kiritilgan edi.

Tahlilchilar 10 ming so‘mlik pulning chiqarilishi vaziyatni engillatmaydi degan fikrdi.
Tahlilchilar 10 ming so‘mlik pulning chiqarilishi vaziyatni engillatmaydi degan fikrdi.

1997 yil 1 martidan 200 so‘mlik banknota va 1, 5, 10 so‘mlik tangalar, 2000 yil 1 iyunda 500 so‘mlik nominaldagi, 2001 yil 1 sentabrda esa 1000 so‘mlik nominaldagi banknotalar muomalaga chiqarilgandi.

2005 yil 1 iyulda esa O‘zbekiston milliy valyutasining o‘n yilligiga bag‘ishlangan 100 so‘mlik qiymatida tanga, 2011 yil 1 sentabrda esa O‘zbekiston Mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlangan 500 so‘m qiymatidagi tanga pullar muomalaga kiritilgan.

Hozirgi vaqtdagi eng yirik kupyura hisoblangan 5000 so‘mlik qiymatidagi banknotalar 2013 yil 1 iyulda chiqarilgandi.

XS
SM
MD
LG