Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:45

BMT Bosh kotibi qashshoq davlatlar muammolaridan gapirdi


BMT Bosh kotibi Ban Ki Mun Istanbulda o‘taëtgan qashshoq mamlakatlar anjumanida qilgan chiqishida "Kambag‘al davlatlar aholisi yaqin orada yangi oziq-ovqat bo‘hroni bilan yuzlashadi”, deb aytdi.

Ban Ki Mun 48 kashshoq davlatni birlashtirgan besh kunlik anjumanda qilgan ma‘ruzasida kambag‘al davlatlar iqtisodiga xorijiy sarmoya kiritish yo‘li bilan bu muammoga barham berish mumkinligini ta‘kidladi.

- Biz rivojlanaëtgan mamlakatlar hukumatlari hisob berib boradi va samarali boshqaruvni joriy qiladi, deb o‘ylaymiz. Bu o‘rinda korrupsiyaga qarshi kurash zarur. Mamlakatga kiraëtgan sarmoya maqsadga muvofiq ishlatilmog‘i lozim, - dedi BMT Bosh kotibi.

Anjuman ishtirokchilari kambag‘al mamlakatlar taraqqiëtining istiqboldagi 10 yilini muhokama qilmoqda.

Aholi jon boshiga yillik daromadi o‘rtacha 745 dollardan oshmaydigan davlatlar qashshoq mamlakat hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG