Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:17

BMT Suriya rejimiga qarshi rezolyutsiya tayyorlamoqda


Suriyadagi aksilhukumat namoyishlar.
Suriyadagi aksilhukumat namoyishlar.
BMT Xavfsizlik kengashi Suriya rasmiylaridan repressiyani to‘xtatib, muxolifat bilan muloqot qilishga chorlovchi rezolyutsiya loyihasini ko‘rib chiqadi.

Britaniya¸ Fransiya¸ Germaniya va Portugaliya tarafidan tamsil qilingan rezolyutsiya loyihasini chorshanba kuni AQSh ma‘qulladi.

BMTdagi Rossiya va Xitoy vakillari esa Suriya hukumatini qoralovchi rezolyutsiyaga qarshi ekanini bildirishdi.

Qarorgohi Londonda joylashgan Suriya inson huquqlari tashkilotiga ko‘ra, Suriyada mart oyida hukumatga qarshi namoyishlar boshlanganidan beri bu mamlakatda 1200 kishi halok bo‘lgan, kamida 10 ming kishi hibsga olingan.
XS
SM
MD
LG