Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:19

BMT XK Liviya bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi


BMT Xavfsizlik kengashi Liviya osmonini aviatsiya parvozidan holi hudud, deb e‘lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani ma‘qulladi.

Rezolyutsiyani qo‘llab Kengashga a‘zo 10 davlat ovoz berdi. 5 davlat: Braziliya, Hindiston, Germaniya hamda Kengashning doimiy a‘zosi sifatida vyeto qo‘yish huquqi bor, lekin bu huquqdan foydalanmagan Rossiya bilan Xitoy xolis qoldi.

Liviya osmonini aviatsiya parvozidan holi hudud, deb e‘lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasini Fransiya bilan Buyuk Britaniya Kengashga taqdim etgan edi.

Unda Muammar Qaddafiy aviatsiyasi zarbalaridan Liviyaning tinch aholisini himoya qilish uchun kerakli barcha vositalardan foydalanish mumkin, deyilgan. Ya'ni, Muammar Qaddafiy aviatsiyasiga tegishli bo'lgan samolyot yoki vertalyot osmonga ko'tarilar ekan, u BMT aviatsiyasi tarafidan majburan qo'ndirilishi yoki urib tushirilishi mumkin.

Biroq rezolyutsiyada Liviya hududiga horijiy qo‘shin kiritish nazarda tutilmadi.

Payshanba kuni Muammar Qaddafiyga sodiq qolayotgan hukumat horijiy harbiy aralashuv amalga oshiriladigan bo‘lsa, O‘rta yer dengizi mintaqasida harbiy va noharbiy ob‘ektlarga hujum qilajaklari to‘g‘risida ogohlantirdi.
XS
SM
MD
LG