Линклар

logo-print
So‘nggi o‘n kun ichida Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida besh dindor hisbga olindi.

O‘zbekistondagi Inson huquqlari tashabbus guruhi Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida dindorlarni hibsga olish boshlangani haqida ma‘lumot tarqatdi.

Tashkilot Shokirova Ra‘no ismli bo‘kalik ayol so‘zlariga tayanib, bu haqda xabar qildi.

Besh farzandning onasi Shokirova 35 yashar turmush o‘rtog‘i Xolmurod Shokirovni 25 iyul kuni militsionerlar asossiz hibsga olishgani va hech bir guvohlarsiz unga taqiqlangan tashkilotga a‘zolik ayblovlarini qo‘yishgani haqda so‘zlab bergan.

O‘tgan oy boshlarida 35 yashar Zaynobiddin Mamatov ham diniy motivlar bo‘yicha hisbga olingan edi.

Inson huquqlari tashabbus guruhiga ko‘ra, Toshkentdagi Islom univyersiteti bitiruvchisi, tadbirkor Mamatov MXX tergov izolyatorida saqlanmoqda.

Tashkilot, shuningdek, 2 avgust kuni yana uch dindor xibsga olingani haqda bildirdi.
XS
SM
MD
LG