Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:21

Botkendagi sex o‘g‘irlangan o‘zbek gazida ishlayapti


Qirg‘izistonning Botken viloyat davlat ma‘muriyati boshlig‘i – gubernator Arzibek Burkanov xususiy mulki - g‘isht ishlab chiqarish sexini ishlatishda O‘zbekistonga qarashli gaz quvuridan o‘g‘rincha olinayotgan gazdan foydalanmoqda.

Bu haqda xabar qilgan Harakat.net saytiga ko‘ra, Botken viloyati hokimiga qarashli haftasiga 60 mingta pishiq g‘isht ishlab chiqaridagan sex joriy yilning 18 aprelida ishga tushirilgan.

Sex ehtiyoji uchun kerakli tabiiy gaz “Rishton-Cho‘ng‘ara” gaz quvuridan g‘ayriqonuniy olinmoqda.

“Qirg‘izgaz” hissadorlik jamiyati bosh direktori o‘rinbosari Abdimajit Mamatisayev 24 may kuni bergan bayonotga qaraganda, “Qirg‘izgaz”ning O‘zbekistondan qarzi 1 million dollarga yetgan.

Ayni paytda Qirg‘iziston O‘zbekistondan gaz ombori va neft konlarini qaytarib olmoqchi.

Qirg‘iziston parlamenti o‘zining joriy oy ikkinchi o‘n kunligida “Botken viloyati hududida joylashgan va “O‘zbekneftegaz” Milliy xolding shirkati tomonidan ekspluatatsiya qilinayotgan Shimoliy So‘x yerosti gaz ombori hamda Shimoliy So‘x va Cho‘ng‘ara-G‘alcha gaz-neft konlarini Qirg‘iziston yurisdiksiyasiga qaytarish to‘g‘risida“gi qaror loyihasini qabul qilgan edi.
XS
SM
MD
LG