Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:15

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi lavozimini tark etdi


39 yoshli Ravshan Usmonov 2012 yildan beri O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
39 yoshli Ravshan Usmonov 2012 yildan beri O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi Ravshan Usmonovning elchilik lavozimidan ketganini tasdiqladi. Avvalroq, hukumatga yaqin ko‘riladigan Toshkentda nashr etiluvqi Uzmetronom.com sayti o‘z manbalariga tayanib, O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Usmonov Toshkentga chaqirtirilib, vazifasidan olingani haqda xabar bergan edi. Lekin, elchixona mulozimi Ozodlik bilan suhbatda elchi Usmonovning missiyasi muddati tugagani munosabati bilan O‘zbekistonga qaytganini aytdi.

--Elchi O‘zbekistonga chaqirtirilgani yo‘q. Missiyasi tugagani munosabati bilan mamlakatga qaytdi, - dedi elchixonaning ismi sir qolishini istagan mulozimi.

Avvalroq, hukumatga yaqin ko‘riladigan Toshkentda nashr etiluvqi Uzmetronom.com sayti o‘z manbalariga tayanib, O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Usmonov Toshkentga chaqirtirilib, vazifasidan olingani haqda xabar bergan edi.

Uzmetronom.com sayti iddasicha, Usmonov Latviyadagi banklardan biri orqali amalga oshirilgan shubhali moliyaviy operatsiyalari uchun O‘zbekistonga chaqirtirib olingan.

Lekin, aynan qanday moliyaviy amallar haqida nashr xabar bermagan.

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi bu yuzadan Ozodlikka izoh berolmasligini aytdi. -Elchi missiyasi tugagani sabab O‘zbekistonga qaytdi, shundan ortiq izoh berolmayman, - dedi elchixona mulozimi.

39 yoshli Ravshan Usmonov 2012 yildan beri O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

U ayni paytni o‘zida o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonning Italiya va Portugaliyadagi elchisi ham edi.

Elchilikka tayinlanishidan oldin Usmonov O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining Yevropa davlatlari, NATO bilan aloqalar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimida edi.

XS
SM
MD
LG