Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:11

Braziliya 2014: Uchinchi davradagi raqiblarimiz aniqlandi


O'zbekiston terma jamoasi joriy yilda Qatarda o'tgan Osiyo kubogida.
O'zbekiston terma jamoasi joriy yilda Qatarda o'tgan Osiyo kubogida.
Futbol bo'yicha 2014 yil Jahon chempionati saralash o'yinlarining uchinchi davrasiga yo'llanma olgan O'zbekiston milliy terma jamoasining davradagi raqiblari aniqlandi.

Uchinchi davra o'yinlariga tashlangan qur'a natijasida "C" guruhidan o'rin o'lgan O'zbekiston termasi guruhda Yaponiya, Shimoliy Koreya va Suriya jamoalariga qarshi maydonga chiqadi.

Eslatamiz, shu yilning 2 sentabridan 2012 yilning 29 fevraliga qadar davom etadigan guruh bellashuvlari natijasida ikkita eng sara jamoa keyingi - to'rtinchi bosqichga chiqadi.

Futbol mutahassislarining fikricha, "C" guruhidagi yagona yaqqol favorit, ya'ni Yaponiya terma jamoasi borligi bois shiddatli jang qolgan jamoalar o'rtasida guruhdagi ikkinchi o'rin uchun o'tadi.
FIFA reytingi:
Yaponiya - 16-o'rin
O'zbekiston - 83-o'rin
Suriya - 104-o'rin
Shimoliy Koreya - 115-o'rin

FIFA reytingi ko'rsatkichlari bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Suriya va Shimoliy Koreya terma jamoalidan ancha oldinda. Biroq Shimoliy Koreyaning 1966 va 2010 yillarda Jahon chempionatiga chiqganini va Ishchilar partiyasining sportchilar ustidan bo'lgan kuchli bosimini esdan chiqarmaslik kerak.

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramovning FIFA saytiga bergan intervyusida o'z jamoasining uchinchi davra o'yinlarida muvaffaqiyat qozonishini aytgan.

- Bu guruhda Yaponiya terma jamoasi so'zsiz eng kuchli jamoadir. Biroq barcha jamoalarning guruhdan chiqish imkoniyati bor. Olti oy davomida o'tadigan guruh o'yinlarida xatoga o'rin yo'qdir, deydi bosh murabbiy Vadim Abramov.

O‘zbekiston futbolchilari 2 sentabr kuni 1-turda Suriya jamoasi bilan bellashadi. 6 sentabr 2-turda O‘zbekiston-Yaponiya; 11 oktabr 3-turda Shimoliy Koreya-O‘zbekiston; 11 noyabr 4-turda O‘zbekiston-Shimoliy Koreya; 15 noyabr 5-turda O‘zbekiston-Suriya; 29 fevral 6-turda Yaponiya-O‘zbekiston o‘yinlari o‘tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, saralash o'yinlarining uchinchi davrasiga qur'a tashlash marosimi 2014 yili Jahon chemponatiga mezbonlik qiluvchi Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida bo'lib o'tdi.
XS
SM
MD
LG