Линклар

Britaniya sudi WikiLeaks sayti asoschisi taqdirini hal qiladi


Shov-shuvlarga sabab bo'lgan WikiLeaks saytining asoschisi Julian Assanj.

Shov-shuvlarga sabab bo'lgan WikiLeaks saytining asoschisi Julian Assanj.

Bugun britaniyalik hakamlar WikiLeaks internet sayti asoschisi Julian Assenjni Shvyesiyaga ekstraditsiya qilish yoki ekstraditsiya qilmaslik masalasini ko‘ra boshlaydi.

AQShning minglab maxfiy diplomatik yozishmalarini o‘z saytida ommaga oshkor qilgan Assanj jinsiy tajovuz aybi bilan Shvyesiya rasmiylari tomonidan qidirilmoqda.

Assanj o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni inkor qilgan.

London janubidagi Belmarsh Magistrat sudida ikki kun davom etishi rejalangan mahkamada advokatlar sud hakami Xovard Riddlni Assanjni ekstraditsiya qilish haqidagi Shvyesiyaning so‘rovini rad qilishga ko‘ndirishga urinishlari aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG