Линклар

logo-print
Internet olamining keng sayxonida o‘zbeklar va O‘zbekiston haqida yozayotgan chet el matbuoti va blogerlarini yaqindan kuzatib borishni davom etmoqdamiz. Ho‘sh, bu gal internet o‘zbeklar haqida nima deydi?

Nbocharova nomi ostida LiveJournal blogplatformasida shaxsiy blog olib boruvchi moskvalik ayol to'rt yildan beri oilasi bilan Toshkentda yashab keladi. Nbocharova Toshkentda olgan tassurolarini o'z mushtariylari bilan baham ko'rishni hohladi shekillik, u o'z blogida "Toshkent shtrihlari" (Ташкентские зарисовки) sarlavhasi ostida maqola yozdi. Maqolaning tarjimasini quyida keltiramiz.

***
O'zbekiston milliy valyutasi - so'm. Bir so'm tahminan 55 rublga teng. Bu yerda katmonlar odatga kirmagan, chunki bozorlik qilish uchun katmon kichkinalik qiladi. Bu yerda pulni rang-barang rezinkalarga o'rab, pachkalab olib yurish kerak.

Mahalliy aholi bir-biriga "aka" va "opa" deb murojaat qilishadi.

Dunyodagi eng arzon taksi O'zbekistonda bo'lsa kerak. Agarda taksist siz o'tirgan mashinaga yana besh kishini o'tqazsa va ularning yo'li siznikiga to'g'ri kelmasa, siz hayron bo'lmang. O'zbekistonda bu oddiy hol. Aytgancha, bu yerda mashinalar faqat "Matiz", "Neksiya", "Tiko" va albatta bizning eski avtoprom (tahr. AvtoVAZ).

E'lonlarni ko'rib esa ensang qotadi. Negadir bu yerda odamlar o'zlarining mashinasini, yoki o'zlarining kvartirasini sotuvga qo'yishadi. Qaysi e'longa qarama "o'zimning kvartiramni sotaman", yoki "o'zimning mashinamni sotaman" deydi (продаю свою картиру/продаю свою машину). Balkim bu yerda "o'zimning" so'zi xaridorga sehrli tarzda ta'sir qilar?

Toshkentning o'zida mahalliy aholi rus tilida bemalol gapiradi. Toshkentdan sal nariroqda esa umuman gapirmaydi. Bir kuni uyimizga ishlatilgan elektr energiyasiga pul olish uchun elektrik keldi (ha, bu yerda uylarga kelib olishadi) - yosh elektrik rus tilini tushunmaganligi uchun biz imo-ishora orqali muloqot qilishimizga to'g'ri keldi. Avtoservisda ham huddi shu hol - rus tilini tushunishmaydi.

Siz bilan birov so'rashsa albatta u kishi sizning hol-axvolingiz, sog'ligingiz, oilangiz va ishingiz haqida so'raydi. Shu kirish savollaridan keyingina asosiy mavzuga o'tiladi. Bu yerning odati shunaqa. Menga go'zallik salonidan telefon qilgan ayol avval sog'ligim va oilam haqida savollar berib, so'ngra mening sochimni qisqartirish uchun oldindan yozilgan vaqtim o'zgarganligi haqida aytganda hayron qolgan edim.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG