Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:36

Bugun Londonda shahzoda uylanyapti


Shahzoda Uilyam va uning qallig'i Ketrin Middlton.
Shahzoda Uilyam va uning qallig'i Ketrin Middlton.
Bugun Londonda shahzoda Uilyam bilan uning qallig‘i Ketrin Middltonning nikoh to‘yi bo‘ladi.

Britaniya taxtiga ikkinchi voris hisoblanadigan shahzodaning uylanish to‘yiga taklif qilingan mehmonlar orasida qariyb 50 davlat rahbari bor. Vestminister Abbeyda o'tadigan to'y marosimiga negadir Britaniyaning sobiq bosh vazirlari Toni Belyr va Gordon Braunlar taklif etilmagan.

Xabarlarga qaraganda, to‘y tantanalarini London ko‘chalarida 600 mingdan ziyod kishi tomosha qiladi. Yuzlab kishi kelin-kuyov tushgan taxtiravon yurib o‘tadigan ko‘chalar bo‘yida chodirlar tikib olgan.

Shahzoda to'yi nafaqat televidenie va radio, balki bir qator Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham yoritilib boradi. Twitter sayti shulardan biri.

To'y mehmonlari Twitterda xabar qo'yish uchun qo'l telefonlarini ishlatib, marosim etikasini buzishi mumkin bo'lgani uchun Vestminister Abbeyda telefon signaliga to'siq qoyuvchi moslamar ishlatilishi mumkinligi aytilayotgan edi. Biroq, CBS saytining Skotlend Yarddagi manbaga asoslanib yozishicha, bu ma'lumotlar haqiqatdan yiroq.

Twitterda qirol oilasidagi to'y haqidagi ma'lumotlarni #RoyalWedding hesh tegi orqali kuzatib borishingiz mumkin.
XS
SM
MD
LG