Линклар

18 may kuni Rossiya Prezidenti Dmitriy Medvedev Moskva viloyatidagi "Skolkovo" innovatsion markazida matbuot anjumani o‘tkazadi.

Medvyedevning matbuot kotibi Natalya Timakovaga ko‘ra, Medvedev dastlab jurnalistlar savollariga javob beradi, keyin Internet orqali taxminan 30 ta savolga javob berishi rejalashtirilgan.

Matbuot anjumanida qatnashish uchun 800 dan ziyod jurnalist akkreditatsiya qilingan.

Ayni tadbir Rossiyaning tele va radio kanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritiladi.
Bilasizmi: "Skolkovo" zamonaviy texnologiyalar markazi Rossiyaning "Silikon vodiysi"ga aylanishi kutilmoqda.

Bu Dmitriy Medvedovning prezidentlik kursiga o‘tirganidan buyon o‘tkazayotgan ilk katta matbuot anjumani.

Vladimir Putin prezidentlik paytida bu kabi matbuot anjumanlarini har yili o‘tkazib kelgan edi.

Ushbu anjumanda keyingi yilgi prezidentlik saylovi bilan bog‘liq yangiliklar aytilishi kutilmoqda.

Dmitriy Medvedev bilan Vladimir Putin keyingi yilgi saylovda ikkalasidan biri albatta saylovga o‘z nomzodini qo‘yishi haqida ma‘lum qilishgan.

Bu kim ekanligi bugun ma‘lum bo‘lishi mumkin.
XS
SM
MD
LG