Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:24

Bugun O‘zbekiston oliygohlarida test sinovlari o‘tadi


Bugun O‘zbekiston oliygohlarida test imtihonlari bo‘lib o‘tayapti.

Sinovlarda 400 mingdan ziyod abituriyent 62 ming talaba o‘rni uchun imtihon topshiradi.

Xorazmlik O‘rinboy aka bugun tong saharda ikki qizini yetaklab, Toshkentdagi Jahon tillari univyersitetiga imtihon topshirgani olib borayotgan paytda shularni aytdi:

- Bir o‘ringa o‘n bitta abiturentdan to‘g‘ri kelayapti. Tong saharlab bolalarni olib imtihonga boryapmiz. Xudo xohlasa, bilim bilan o‘tishga urinib ko‘ramiz, bilim bilan ham o‘tishyapti. Lekin xar xil soxta yo‘llari ham bo‘layapti, deyapti, bilmaymiz endi.

Lekin, Xudo xohlasa, bilimi borlar ham kirayapti. Mana farzandlarimiz kirayapti, tekshir-tekshir boshlanayapti. Bu yog‘ini endi ko‘ramiz, hammasi yaxshi bo‘ladi, degan umiddamiz, - deydi O‘rinboy aka.

O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlariga qabul jarayoni 1992 yildan boshlab test sinovi asosida amalga oshirilmoqda.

Sinov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi qoshidagi Davlat test markazi tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda oliy ta‘lim tizimi eng korrupsiyalashgan tizimlardan sanaladi va abiturentlarni yashirin yo‘llar bilan, pora evaziga oliy o‘quv yurtlariga kiritish tizimlari shakllangan an‘ana ekani aytiladi.
XS
SM
MD
LG