Линклар

logo-print
Bugun futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Kiyev shahrida Ukraina terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Murabbiy Vadim Abramov shogirdlarining bugungi o'yini 2014 yilga belgilangan Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasidagi ikki o'rtoqlik uchrashuvining birinchisidir. Ikkinchi o'rtoqlik uchrashuv Xitoy termasiga qashi 5 uyinda Pekin shahrida o'tadi.

May oyining o'rtalarida Vadim Abramov xorij futbol klublarida to'p surayotgan o'zbekistonlik legionerlarni milliy terma jamoaga chaqirgan edi. Osiyo Futbol Konfederatsiyasi bergan ma'lumotga ko'ra, o'zbek legionerlari Maksim Shatskix (Ukraina) va Marat Bikmayevlar (Rossiya) Ukrainaga qarshi o'yinda maydonga tushishadi. Koreyada o'ynayotgan legionerlarimiz Aleksandr Geyrnrix va Timur Kapadzelar esa Pekinda milliy termamiz sha'nini himoya qiladi.

Murabbiy Vadim Abramov oldindagi o'rtoqlik uchrashuvlariga quyidahi tarkibni tayyorladi:

Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov (Bunyodkor), Temur Jo'rayev (Paxtakor)

Himoyachilar: Shavkat Mullajonov (Al-Ahli, Qatar), Maqsud Karimov (Nasaf), Artyom Filiposyan (Nasaf), Sahob Jo'rayev (Bunyodkor), Viktor Karpenko (Bunyodkor), Islom To'xtaxo'jayev (Neftchi).

Yarim himoyachilar: Litfulla To'rayev (Nasaf), Ilhom Yunusov (Nasaf), Sanjar Tursunov (Volga, Rossiya), Stanislav Andreyev (Paxtakor), Timur Kapadze (Inchon, Koreya), Odil Axmedov (Anji, Rossiya), Azizbek Xaydarov (Bunyodkor), Anvar Rajabov (Bunyodkor), Server Jeparov (Seul, Koreya).

Hujumchilar: Marat Bikmayev (Alaniya, Rossiya), Nosirbek Otaqo'ziyev (Nasaf), Aleksandr Geynrix (Suvon, Koreya), Aleksandr Shadrin (Navbaxor), Maksim Shatskix (Arsenal Kiyev, Ukraina).
Bundan oldin futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Ukraina termasi bilan bir marta - 2007 yili o'rtoqlik uchrashuvida uchrashgan. O'yin 2:1 hisobi bilan Ukraina foydasiga yakunlangan edi.

Ukraina sport matbuoti berayotgan ma'lumotlarga tayanib xulosa qiladigan bo'lsak, Ukraina O'zbekistonni munosib raqib kabi kutib olmoqda. Har bir nashr bugungi o'rtoqlik uchrashuvini yoritar ekan, O'zbekistonni 2011 yilgi Osiyo kubogida birinchi to'rtlikga kirgani, o'zbek legionerlari xorij klublarida to'p surishi va Ukraina birinchiligining "Arsenal" klubi faol o'yinchisi o'zbekistonlik Maksim Shatskih haqida so'zsiz yozishmoqda. Afsuski, O'zbekiston matbuotida bugungi o'yin haqida ma'lumot oz. Hatto O'zbekiston Futbol Federatsiyasi veb-saytida ham bu haqda ma'lumot yo'q.

Eslatamiz, 2014 yilga belgilangan Jahon chempionati uchun birinchi saralash o'yinini O'zbekiston 23 uyul kuni qo'shni Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
XS
SM
MD
LG