Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:55

Bugun "O‘zbekiston xalq harakati"ning qurultoyi ochiladi


"O'zbekiston Xalq Harakati"ning Facebookdagi sahifasi.
"O'zbekiston Xalq Harakati"ning Facebookdagi sahifasi.
Bugun Berlinda yaqinda ta‘sis etilgan “O‘zbekiston Xalq Harakati”ning qurultoyi o‘z ishini boshlaydi.

23-24 may kunlari o‘tkazilajak ikki kunlik tadbirda, xabarlarga qaraganda, taqriban 50 kishi qatnashadi.

Qurultoyning birinchi ish kunida tashkiliy masalalar ko‘rilib, Harakat rahbariyati saylanadi. Tadbirning ikkinchi kunida O‘zbekistondagi vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazish rejalashtirilgan.

“O‘zbekiston Xalq Harakati” qurultoyi uyushtiruvchilari O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasiga taklifnoma jo‘natib hukumat vakillarini ham anjumanga taklif etgan.

Taklifnomada O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norovni 23-24 may kunlari o‘tkazilajak qurultoy mehmoni sifatida ko‘rish istagi bildirilgan.

Janob Norov 24-26 may kunlari amaliy tashrif bilan Germaniya poytaxtida bo‘ladi.

Hyuman Rayts Uotch inson huquqlari tashkiloti Germaniya hukumatini O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov tashrifidan mamlakatdagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash borasida Toshkentga bosim o‘tkazish maqsadida foydalanishga chaqirdi.
XS
SM
MD
LG