Линклар

Bugungi kun tarixda: 1991 yil umumittifoq referendumi


Mustaqil davlat fuqarosi Sovet Ittifoqi timsoli bo'lgan Vladimir Lenin plakatini bolta bilan buzmoqda. 1991 yil olingan surat.

Mustaqil davlat fuqarosi Sovet Ittifoqi timsoli bo'lgan Vladimir Lenin plakatini bolta bilan buzmoqda. 1991 yil olingan surat.

Bugun 17 mart, mustaqil O'zbekiston uchun tarixiy sana. Bundan roppa-rosa 20 yil avval, 1991 yil 17 mart kuni Sovet Ittifoqini saqlab qolish uchun qilingan so'ngi urinishlardan biri - umumittifoq referendumi o'tkazilgan.

Sovet imperiyasi tez sur'atlar bilan tanazzulga yuz tutayotgan damda o'tkazilgan bu referendumda Sovet Ittifoqini "Yangilangan Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi"ga aylantirish kerakmi, degan savol umumhalq ovoziga qo'yilgan.

Referendumda Sovet Ittifoqining 185 million ovoz berish huquqiga ega bo'lgan fuqarolarining 148 millioni (80%) qatnashib, ulardan 113 millioni (76%) Ittifoqni saqlab qolish uchun ovoz berishgan. Shunga qaramasdan, bir yilga qolymay Sovet Ittifoqi qulab, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi tashkil topgan.
XS
SM
MD
LG