Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:05

"Bunyodkor" nimchorak finalda: Al Ittihad - Bunyodkor 1:1


Kecha Toshkentning "Bunyodkor" futbol klubi Saudiya Arabistonining "Al Ittihad" jamoasi mehmoni bo'ldi. Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi so'ngi o'yin 1:1 natijasi bilan yakinlanib, "Bunyodkor"ga guruhdan chiqish "chiptasi"ni berdi.

16 martda JAR stadonida "Al Ittihod"ga qarshi o'tgan o'yindan farqli o'laroq, bu safar "Bunyodkor" imkon qadar to'pni nazoratda ushlab turishga va raqibga qarshi hujum uyushtirishga yo'l bermaslikga harakat qildi.

"Qaldirg'ochlar" murabbiyi Mirjalol Qosimov bu taktikani tanlab adashmagani o'yinni boshidayoq ayon bo'ldi. O'yinning 14-chi daqiqasida Anvar G'ofurovning uzoqdan balandlatib bergan pasini Milosh Trifunovich boshi bilan raqib darvozasiga yo'lladi. Hisob 0:1.

Javob go'li esa "Al Ittihod" tarafidan 15 daqiqalardan so'ng kiritildi. Nuno Asis jamoadoshi Muhammad ar-Rashid bilan futbolda keng tarqalgan "bir-ikki" (one-two) kombinatsiyasini ijro etib, "Bunyodkor" himoyachilarini dog'da qoldirgan holda Nesterov darvozasini ishg'ol etdi. Hisob 1:1.

O'yin shiddatli hujumlarga va asos Nesterov darvozasi oldidagi havfli vaziyatlarga boy bo'lishiga qaramasdan 1:1 hisobi o'yin ohirigacha o'zgarmay qoldi.

Shu o'rinda bir necha bor darvozani yaqqol gollardan saqlab qolgan "Bunyodkor" darvozaboni Ignatiy Nesterov mahoratiga alohida to'xtalib o'tish lozim.

"Ko'p gap eshakka yuk" internetchilar maqoli

Milosh Trifunovich goli - 0:1



Nino Asis goli - 1:1



Shunday qilib, 6 o'yinda 11 ochko olgan "Al Ittihod" va 9 ochko olgan "Bunyodkor" Osiyo Chempionlar ligasining "C" guruhida birinchi va ikkinchi o'rinlarni olishib, liganing nimchorak bosqichiga chiqishdi.
XS
SM
MD
LG