Линклар

Toshkent markazidagi “Bunyodkor” o‘yingohi qurilishi 2012 yilning 10 martida yakunlanadi.

Bu haqdagi O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi qarorida aytilishicha, joriy yilning 1oktabriga qadar o‘yingoh qurilishi bilan bog‘liq hujjatlar tayyorlanishi lozim.

Newsuz.com saytining “Bunyodkor” klubi matbuot xizmatiga tayanib tarqatgan ma‘lumotiga ko‘ra, 18 gektardan iborat, 7 ta futbol maydonini o‘z ichiga olgan o‘yingoh qurilishi uchun 60 milliard so‘m sarflanadi. Qurilishga pul xayriya mablag‘i hisobiga amalga oshirilishi aytilgan. Biroq hozircha homiylar nomi ochiqlanganicha yo‘q.

Germaniyaning GMP firmasi tomonidan loyihalashtirilgan o‘yingoh qurilishi 2008 yil boshlangan va keyinroq to‘xtab qolgan edi. Qurilishning to‘xtab qolishi “Bunyodkor” jamoasining muassisi, Gulnora Karimovaga tegishli ekani aytiladigan "Zeromaks" shirkatining yopilishi bilan bog‘langan edi.

Dastlabki loyiha bo‘yicha o‘yingoh usti yopiq bo‘lishi kerak edi, biroq hozirda uning ustini ochiq holda qurishga qaror qilingan.
Hozirga qadar qurilishning 30 foizlik qismi bajarilgan.

Ayrim manbalar¸ O‘zbekistondagi eng yirik stadion bo‘lishi kutilaëtgan bu qurilishning O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligi tantanalariga qadar tugatilishini aytaëtgan edi.
XS
SM
MD
LG