Линклар

logo-print
Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichlarida qatnashayotgan Toshkentning "Bunyodkor" futbol jamoasi kecha havodek zarur g'alabaga erishdi. Eronning "Piruzi" jamoasiga qarshi mehmonda o'ynagan "Qaldirg'ochlar" eronliklarni 1:3 hisobi bilan mag'lub etishdi.

Tehrondagi "Azadi stadium" stadionida o'tgan o'yin shaksiz liganing "C" guruhidagi eng chiroyli o'yinlardan biri bo'lib qoladi. Ikki tarafdan ham shiddatli hujumlar va havfli vaziyatlarga boy bo'lgan bellashuvda hisob ikkinchi bo'limda - o'yinning 60-chi daqiqasida "Bunyodkor" o'yinchisi Anvar Rajabov tarafidan uzoq masofadan turib kiritildi.

"Bunyodkor"ning o'yinning 71-chi daqiqasida uyushtirgan qarshi hujumi raqib tarafidan jarima maydonchasida qo'pollik bilan to'xtatildi. Raqib jarima maydonchasiga shiddatli tarzda kirib borayotgan Anvar Rajabovni "Piruzi" himoyachisi Alirizo Muhammad yelkasidan tortib yiqitdi. Hakam hech ikkilanmay himoyachiga qizil katrochka ko'rsatib, "Piruzi" darvozasiga qarata penalti belgiladi. Xayrulla Karimov ijro etgan penalti zarbasini raqib darvozaboni to'sganday bo'ldi, biroq darvozabon qo'lidan qaytgan to'p ustunga tegib darvoza to'ridan joy oldi. Hisob 0:2!

O'yinning 87-chi daqiqasida esa "Bunyodkor" qovun tushurdi. Himoyachi Anvar G'ofurov o'z jarima maydonida to'pni chiqarib yubormay darvozbon Ignatir Nesterovga ushab olishni taklif qilib turgan bir vaqtda, "Piruzi" hujumchisi Shpejtim Orifiy G'ofurov oyog'i ostidan topni "Bunyodkor" darvozasiga yo'lladi. Hisob 1:2!

Hakam o'yinga qo'shimcha 5 daqiqa qo'shib berdi. Qo'shimcha vaqtning 4-chi daqiqasida yana o'sha Orifiy o'ng qanotdan oshirilgan to'pni "Bunyodkor" darvozasiga ikki metrlik masofadan kirita olmadi. Bu vaziyatda Nesterov "5+"ga o'ynadi! Jarima maydonchasidan chiqarib yuborilgan to'p esa "Bunyodkor"ning hujumiga aylanib, Viktor Karpenko go'li bilan yakunlandi. Orifiyning Nesterov darvozasiga bergan samarasiz zarbasi va Karpenkoning goli orasida atigi 16 soniya o'tdi, holos.




To'rt o'yinda 5 ochko olib, "C" guruhida ikkin o'ringa chiqgan "Bunyodkor"ni oldinda yana ikki guruh o'yini kutmoqda. 3 may kuni Toshkentda Arab Amirligining "Al Vahda" klubi, 10 may kuni esa Jiddada 10 ochko bilan guruhda yetakchilik qilayotgan Saudiya Arabistonining "Al Ittihad" klubiga qarshi maydonga chiqadi.
XS
SM
MD
LG