Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:07

"Bunyodkor" va "Paxtakor" OFK Chempionlar ligasi 2011 da qancha daromad ko'di?


Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2011 yilgi OFK Chempionlar ligasida ishtirok etgan klublarning shu kungacha olgan daromadlarini e'lon qildi. OFK bergan rasmiy ma'lumotga ko'ra, Toshkentning "Bunyodkor" klubi jami bo'lib 320 ming (6-o'rin), "Paxtakor" esa 170 ming (26-o'rin) AQSh dollariga teng foyda ko'rishgan.

Ro'yxatining birinchi va ikkinchi o'rinlarini Saudiya Arabistoning "Al Hilol" va Yaponiyaning "Kashima Antlers" klublari egalladi. Ikkala klub ham mavsum davomida 360 ming dollar foyda ko'rishgan.

Saudiya Arabistonining "Al Shabbob", Yaponiyaning "Serezo Osaka" va Janubiy Koreyaning "Chjonbuk" klublari har biri 340 mingdan daromad olib, ro'yxatning uchinchi, to'rtinchi va beshinchi o'rinlarini egallashgan.

Eslatamiz, OFKning Chempionlar ligasidagi klublar daromadi haqida bergan ma'lumoti chempionat tugaguncha bir necha bor o'zgarishi aniq. Ahir Chempionlar ligasi finalida yutib chiqgan klubni 1,5 million AQSh dollari kutmoqda. Afsus poytaxtimizning ikkala jamoasi ham bu yilgi OFK Chempionlar ligasining guruh bosqichidan pley-off o'yinlariga chiqa olishmagan.
XS
SM
MD
LG