Линклар

Buxoro viloyatida chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan 20 kishidan iborat jinoiy guruh ustidan mahkama jarayoni nihoyasiga yetdi.

Newsuz.com saytining xabar qilishicha, jinoiy guruh o‘tgan yilning 18 iyunida bir chaqaloqni 3 million 800 ming so‘mga (2,2 ming AQSh dollari) sotayotgan paytda Milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar idorasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Buxoro viloyat jinoiy ishlar sudi jinoiy guruh a‘zolarini firibgarlik, tovlamachilik, odam savdosida aybdor deb topib, uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum qildi.

Mart oyida ham Toshkent shahar Jinoiy ishlar sudi hukmi bilan 12 kishi chaqaloq sotganlikda aybdor deb topilib, 7 yildan 10 yarim yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Regnum agentligining O‘zbekiston huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib xabar qilishicha, Toshkent shahridagi bir necha tug‘ruqxonada yurist bo‘lib ishlagan 63 yoshli ayol yetakchiligidagi jinoiy guruh 70 go‘dakni noqonuniy ravishda rasmiylashtirgan, 4 go‘dakni esa xorijga sotib yuborgan.
XS
SM
MD
LG