Линклар

logo-print

Buyuk devor egalariga mag'lub bo'ldik: Xitoy - O'zbekiston 1:0


O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Axmedov xitoylik hujumchi Gal Linga qarshi. Qatar, 2011.

O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Axmedov xitoylik hujumchi Gal Linga qarshi. Qatar, 2011.

Kecha Xitoyning Kunmin shahrida o'tgan futbol bo'yicha O'zbekiston va Xitoy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi mezbonlar g'alabasi bilan yakunlandi.

Maydonga zahiradan o'yinning 63-daqiqasida tushgan xitoylik hujumchi Gao Linnnig 64-daqiqada kiritgan goli o'yindagi yagona gol bo'ldi.

Keskin hujumlarga boy bo'lgan uchrashuvda Xiroy termasi O'zbekiston jamoasidan revansh oldi, desak adashmaymiz. Chunki aynan O'zbekiston milliy terma jamoasi joriy yili Qatarda o'tgan Osiyo kubogining guruh bosqichida Xitoy bilan 2:2 o'ynab, buyuk devor egalarini uyiga ketishiga sabab bo'lgan edi.

Eslatib o'tamiz, Xitoy terma jamoasiga qarshi o'tgan o'rtoqlik uchrashuvi 2014 yilga belgilangan Jahon chempionatiga saralash o'yinlaridan o'ldin o'tadigan ikki o'rtoqlik uchrashuvining ikkinchisi edi. Birinchi uchrashiv 1 iyun kuni Kiyevda Ukraina terma jamoasiga qarshi o'tdi. Ushbu uchrashuvda ham mezbonlarning qo'li baland kelgan (2:0).

Kunmin shahrida o'tgan o'rtoqlik uchrashuvidagi jamoalar tarkibi:

Xitoy: Yan Chji, Rong Xao (Bay Yu Feng '73), Li Xyupeng, Fen Ksyatong, Chjao Xyuri (Xang Bouen '63), Den Jujiang (Gao Lin '63), Fen Renliang, Yan Xao, Chjen Szi Lyu Yu, Yu Xay (Yu Xanchao '46)

O'zbekiston: Temur Jo‘rayev, Artyom Filiposyan (Maqsud Karimov '79), Shavkat Mullajonov (Azizbek Haydarov '63), Sahob Jo‘rayev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Servyer Jeparov, Lutfulla To‘rayev, Timur Kapadze, Stanislav Andreyev (Anvar Rajabov '49), Aleksandr Shadrin, Aleksandr Geynrix.

Bosh hakam: Ko Xen Chjin (Janubiy Koreya)
XS
SM
MD
LG