Линклар

logo-print

Chagayev-Povetkin janggi 27 avgustga belgilandi


Germaniyada yashayotgan Ruslan Chagayev ringga hamisha O‘zbekiston bayrog‘i bilan tushadi.

Germaniyada yashayotgan Ruslan Chagayev ringga hamisha O‘zbekiston bayrog‘i bilan tushadi.

19 iyul kuni professional boksning WBA tasnifi bo‘yicha eng og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev (21-1-1, 17 KO) va rossiyalik Aleksandr Povetkin (21-0, 15 KO) namoyandalari ikkala bokschi o‘rtasidagi jangga oid shartnoma imzoladilar.

Povetkin menejeri Vladimir Xryunovning “Sovyetskiy sport” nashriga bildirishcha¸ WBA tasnifi bo‘yicha bo‘sh turgan maqom uchun jang 27 avgust kuni Germaniyaning Erfurt shahrida o‘tkaziladi.

- Hozirda Sasha Chexovda jangga hozirlik ko‘rmoqda. Yakshanba kuni AQSh dan trener Eddi Atlas yetib keladi. Keyingi haftada Moskva va Germaniyada bu jang yuzasidan maxsus matbuot anjumanlari o‘tkazish rejalangan. Zotan Chagayev va Povetkin bellashuviga qiziqish ham Rossiya¸ ham xorijda juda kuchli¸ dedi rossiyalik bokschining menejeri Vladimir Xryunov.

Ruslan Chagayev ancha vaqt ringga chiqmagan bo‘lishiga qaramay, Povetkinga qarshi ringga yaxshi formada chiqishini bildirgan.
XS
SM
MD
LG