Линклар

Rossiya rasmiylari Chechenistonda ro‘y bergan jangda hukumat maxsus kuchlarining bir zobiti va ikki janggari halok bo‘lganini ma‘lum qildi.

Chechniston Ichki ishlar vazirligi matbuot vakili Magomed Deniyev taxminan 10 nafar janggari bilan to‘qnashuv dushanba kuni kechqurun respublikaning tog‘li mintaqalarida ro‘y berganini bayon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jangda maxsus kuchlarning yana ikki zobiti jarohatlangan.

Chechenistondagi ikkita urushdan keyin qurolli to‘qnashuvlar ko‘lami pasaygan bo‘lsa-da, janggarilar Rossiyaning Shimoliy Kavkaz mintaqasida hujumlarni amalga oshirib turadi.
XS
SM
MD
LG