Линклар

Chechenistonning Grozniy shahrida Ahmad Qodirov nomli sport majmuasi ochilish tantasida mashhur futbol yulduzi Diyego Maradona bilan Chechenistonning kremlparast rahbari Ramzan Qodirov bir-birlariga qarshi to‘p surishdi.

Grozniyning “Kavkaz” komandasi “Dunyo terma komandasi”ni beshu ikki hisobida yutdi.

Ikkita golni Checheniston rahbari Ramzan Qodirov urdi.

Futbol o‘yinida Rossiyaning shimoliy Kavkaz federal okrugidagi muxtor vakili Aleksandr Xloponin ham qatnashdi.

Chorshanba kuni tantanali ravishda ochilgan stadion 30 ming kishiga mo‘ljallangan. Ochilish tantanalarida Toto Kutuno, Al Bano i Ramina Pauer, Si Sikabi kabi estrada yulduzlari qo‘shiqlar aytishdi.



XS
SM
MD
LG