Линклар

O‘zbekiston respublikasi Chegara xizmati ba‘zi axborot vositalarining o‘zbek-tojik chegarasida yuz bergan insident to‘g‘risidagi xabarlarini rad etdi, deb xabar qildi Regnum agentligi.

Ommaviy axborot vositalarining xabar qilishicha, O‘zbekistonning Sirdaryo tumani bilan Tojikistonning Zafarobod tumani o‘rtasidagi chegarada O‘zbekiston chegarachilari avtomatdan o‘t ochib, Tojikistondagi Jomiy qishlog‘ida yashovchi cho‘pon Tolib Asrorovni yarador qilgan.

O‘zbekiston Chegara xizmati Regnum muxbiriga chegaraning bu qismida hech qanday insident sodir bo‘lmagan, degan.

O‘zbekiston tomonining xabar qilishicha, kuni kecha Tojikiston chegarachilari bilan Jomiy qishlog‘i ahli o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan va chegarachilar ikki jomiylikni avtomatdan o‘q uzib yarador qilgan.
XS
SM
MD
LG