Линклар

logo-print
2011 yilning 6 iyunida Italiyada yakunlangan Kickboxing WAKO World Cup 2011 kikboksing bo‘yicha jahon kubogi musobaqalarida o‘shlik Dilshod Obidjonov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Rossiyaning Chelyabinsk shahridagi boks maktablarida Obidjonovdan tashqari yana bir guruh o‘shlik boks ustalari tarbiyalanmoqda.

Italiyaning Rimini shahrida 3-6 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan kikboksing bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasida Rossiya sharafini himoya qilgan asli o‘shlik Dilshod Obidjonov bu sport turining eng og‘iri hisoblangan “full-kontakt” sinfi bo‘yicha jahonning eng zo‘r jangchisi deb tan olindi.

Ozodlik jahon chempioni bilan suhbatlashdi:

- Bu boks faqat oëqda tepiladi korpusga. Korpusga, kallaga tepiladi. Lou kik uje polniy kontakt. Kak budto ko‘cha urushiga o‘xshab ketadi. Birinchi bo‘lib vyengriyalik bilan tushdim. Uni yutdim. Ikkinchi jang ukrainalik, uchinchi jang polshalik. Qiyin boy (jang) ukrainalik bilan bo‘ldi. O‘tgan yil men urushdalik paytimda (O‘sh qirg‘ini-mual.) u chempion bo‘lgan ekan.

Ozodlik: Siz necha karra Rossiya chempionisiz?

- Besh karra.

Ozodlik: Besh karra Rossiya chempioni va bir marta jahon chempioni.

- Yana boksdan Osië chempioniman. Kikboksingdan besh karra Rossiya chempioni, professionalllar orasida Rossii chempioni va mana jahon chempioni bo‘ldim. Puldan qiynalamiz. Boshqa hammasi yaxshi,- deya kuladi jahon chempioni.

Dilshod Obidjonov Ozodlik bilan suhbatda chempionlik supasiga ko‘tarilishi tarixini ham gapirib berdi.

- Chelyabinskka 2008 yili fevral oyida sport orqali, Qirg‘izistonda bizni qirg‘iz o‘zbek bo‘lib ko‘tarishmaganda. Butun umr niyat qilardim chempion bo‘lishni. Bu yerda Muzaffar degan katta tadbirkor oldiga kelganman. Kuchli trener bor Farigat Fatqulovich degan. Ëniga olib kirgan. Shunaqa bo‘lib kelib qolganman. Biz oilada uch o‘g‘il, bir qiz. Dadam boksër bo‘lgan o‘zi. Hasan-boksër, deb dadam O‘shda tanilgan inson bo‘lgan. Dadam qatori ketganmanu faqat men kikboksdan ketdim. Telman maktabda o‘qiganman. Hozir Chelyabinskda ikkinchi kursda MVDda o‘qiyapman. Xudo xohlasa, ikki yildan keyin leytenant bo‘laman. Avgust oyida praktika tugaydi,- deydi Dilshodbek.

Chempion 2008 yilda Rossiya birinchiligi musobaqasida g‘olib chiqishi bilanoq unga Rossiya fuqaroligini berishgan.

Suhbatdoshimiz o‘tgan yili uylangani Qirg‘izistonga kelib, to‘yga tayyorgarlik ko‘rayotganida O‘sh voqealari boshlanib ketadi.

Ozodlik: O‘tgan yil O‘shda bo‘lgan voqealardan xabaringiz bor. O‘sha paytda qayerda edingiz?

- O‘zi aslida iyun oyida uylayman deb buvam to‘yga chaqirgan edi meni. 2010 yil 13 iyun kuni to‘yim bo‘lishi kerak edi. 9 iyun kuni kechki payt oilam bilan “ertaga borib qo‘y olamiz” deb niyat qilib o‘tirgan edik. 9 iyundan 10 iyunga o‘tar kechasi soat 2 larda edi. O‘shanda urush boshlanib ketdi. Ertasi kuni ota-onalarning hammasini Do‘stlikka jo‘natdik. U narsalarni eslasangiz qiyin bo‘ladi aka. Rodnoy akamning xotinining uyi Cherëmushkida. U ënib ketgan. 30 iyun kuni uylandim. Kuëv bola bo‘lib uch-to‘rt kun yurdim. Men istashayapti ekan. Mening sochim uzun edida. “Sochi uzun sportsmen bola ekan. Yo‘g‘on bola ekan. O‘sha bolani ushlash kerak” deganda men qochib chiqib ketib qolganman, deya eslaydi endilikda Rossiya sharafini jahon chempionatlarida himoya qilayotgan Dilshodbek Obidjonov.



Dilshodbek Obidjonov Ozodlikka taqdim etgan video.

Kikboks bo‘yicha o‘shlik Jahon chempioni ulkan yutuqlarga erishgani bilan, kikboksing katta daromad keltirmasligi va shu sababli qo‘shimcha daromad izlashga to‘g‘ri kelishini aytadi.

Ozodlik: Bilishimcha, siz Chelyabinsk Agrounivyersitetini ham bitirgansiz.

- U yerda zaochniy. To‘g‘risini aytsam ërdam yo‘q. Men jahon chempioni bo‘lib Moskvadagi o‘zimning rodnoy akam Farhod mashina sovg‘a qilgan. Men taksi qilib yuribman. O‘rislar ham hayron bo‘layapti. Televizorda ko‘rib qolganlar, tanib qolganlar, endi bostirib kepka kiyib yuribman, “Sen jahon chempioni bo‘lib turib taksi qilayapsanmi? ”, deydi.

Ozodlik: Demak, jahon chempionligi katta daromad keltirmayapti ekanda...

- Kikboksing olimpiyskiy vid sport bo‘lmagani uchun sponsorlik qilinmayapti. Bu yerda boy akaxonlar juda ko‘p. O‘shalardan bir-ikki marta so‘rasam “ana, mana”, dedi. Shu bilan yo‘qolib ketdi. Endi g‘urur bor ekan, o‘zim ham so‘ramay qo‘ydim, deydi Dilshod Obidjonov.

U hozir Chelyabinskdagi “Burevyestnik” sport maktabi va Chelyabinsk davlat agroinjeneriya akademiyasi nomidan Farigat Kasimov murabbiyligida musobaqalarda qatnashib kelmoqda. Dilshod hozir Makedoniyada bo‘lib o‘tadigan kikboksing bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotganini, nasib qilsa, o‘ta og‘ir vaznda chempionlik kamarini taqishni niyati borligini aytdi.

Ma‘lum bo‘lishicha, Rossiyaning turli xalqaro musobaqalarida Chelyabinsk shahri sharafini bir guruh o‘shlik bokser yigitlar ham himoya qilmoqda. Ular qatorida O‘sh voqealaridan keyin shahardan bir guruh shogirdlarini olib chiqqan va hozirda Chelyabinskdagi “Chempion” professional boks klubida ularga boks bo‘yicha murabbiylik qilayotgan Olimjon Abdullayev ham bor.

U shogirdlarini Qirg‘izistondan ikkita eski “Jiguli”da olib chiqqan. Shunga qaramasdan boks bo‘yicha oxirgi beshta xalqaro bellashuvlarda uning shogirdlari deyarli barcha sovrinli o‘rinlar va kuboklarni egallagan. Abdullayev boshlanishida juda qiyin bo‘lishiga qaramasdan bugungi kunda ular Rossiya sharoitiga ko‘nikib qolganini aytadi.

- Men Andijonda Muhammadqodir Abdullayev, Ruslan Chagayevlar bilan o‘qidim. Qaytib kelib ikki marotaba Qirg‘iziston chempioni bo‘ldim. Keyin 6 yilcha trener bo‘lib ishladim. Hozir bu yerda trenerlik qilyapman. Bu yerda hammasi o‘zingizga bog‘liq ekan: qanchalik natija ko‘rsatsangiz, shunchalik yaxshi bo‘lar ekan. Mana 20 kun oldin Sankt-Peterburgda katta turnirga olib borgan uchta uquvchimdan uchchalasi ham birinchi o‘rinni oldi. Svyerdlovsk viloyatidagi musobaqaga olib borgan to‘rtta shogirdim barchasi prizovoy o‘rinni egalladi. Qayerga borsak bitta-ikkita chempion bo‘lib kelyapti,- deydi Olimjon Abdullayev.

O‘shlik sportchilarni qabul qilib, ularni uy-joy bilan ta‘minlashda ko‘maklashgan “Chempion” klubi katta murabbiysi Yuriy Kabulov o‘zbek boks maktabi haqiqatan dunyoda eng kuchlilardan ekanini e‘tirof etadi. “Dyadya Yura” kochqin bokschilarga klubda bepul mashq qilish imkoniyatini yaratib berdi.

O‘z yigitlari bilan sport maydoniga Qirg‘iziston bayrog‘i ostida tushayotganini gapirgan Olimjon Abdullayev yaqin kunlarda shogirdlari bilan O‘shga borib kelish niyatida ekanigi ma‘lum qildi.

“Mana 30 yoshimda 9 farzand otasiga aylandim”, deya hazillashadi Olimjon.

- Shaxsan o‘zim bilan to‘rtta bola turadi. Qolganlari bilan 8 kishi. Ularni maktabga o‘qishga olib kirganman- o‘qishi ham kerak-ku. O‘Zimni ikkita bolam bilan 9 bolaning otasi bo‘lib hatto ota-onalar majlislariga ham boryapman. Moshinam bor, Olloh beryapti. O‘zim yemasam ham bularga yediryapman,- deydi boks murabbiysi Olimjon Abdullayev.

Suhbatimiz so‘nggida Olimjon yaqin kelajakda Chelyabinskda Dilshod Obidjonov kabi qator jahon chempionlari yetishib chiqishiga ishonishini aytdi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG