Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:56

Bugun Chernobil fojeasiga 25 yil to‘ldi


Chernobil AESi
Chernobil AESi
Ukrainadagi Chernobil AESida portlash yuz berganiga bugun 25 yil to‘ldi.

1986 yilning 26 aprelida Chernobil AESida ro‘y bergan portlash oqibatida Ukraina, Belarus va Rossiya g‘arbidagi mintaqalarda yashovchi yuz minglab aholi evakuatsiya qilingan.

Yevropaning katta hududiga radioaktiv bulut tarqalgan edi.

Chernobil stansiyasida yuz bergan halokat oqibatlarini bartaraf etishda ko‘plab o‘zbekistonliklar ham qatnashgan edi.

Ulardan biri - Muhammadjon Abdullayev Ozodlik muxbiri bilan suhbatda chernobilchilarga berilayogan imtiyozlar juda kamligi to‘g‘risida bunday dedi:

- Imtiyozlar endi hozir to‘g‘risini aytsam beshinchi-oltinchi yil ketayapti olib tashlagan. Samolyotga bir yilda bir marta beradigan taloni bor. Medisina tarafdan yordam bor. Transport bor. Yo‘lkira tekin. Boshqa hech narsa yo‘q,- deydi Muhammadjon Abdullayev.

O‘tgan hafta Kiyevda o‘tkazilgan xalqaro anjumanda donor davlatlar Chernobil fojiasi oqibatlarini tugatishda Ukrainaga 550 million yevro (780 million AQSh dollari) miqdorida yordam puli ajratishni va‘da qildi.

Oradan chorak asr vaqt o‘tib, Chernobil AESi atrofidagi 30 kilometrli xududdan hali ham radiatsiya tahdidi ketmagan.

Atrofdagi qishloqlar hanuz bo‘m-bo‘sh, yashashga yaroqsiz. Biroq Chernobil atrofidagi qishloqlarda hayot uyg‘onmoqda, ayrimlar o‘z uylariga qaytmoqda.

Чернобилдаги портлашга 25 йил бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:12 0:00
Бевосита линк


Bugungi kunda dunyodagi o‘ttizdan ziyod davlatda 440dan ortiq reaktorlar ishlayapti. Eng ko‘p atom reaktorlariga ega davlatlar ro‘yxatiga AQSh (104), Fransiya (59), Yaponiya (59), Buyuk Biritaniya (35) va Rossiya (32) kiradi.
XS
SM
MD
LG