Линклар

logo-print

Chexiya prezidentining "o'g'irligi" video kameraga tushib qoldi


Prezident Vatslav Klausning aytishicha, rasmiy yig'inlardan qalam va daftarlarni o'zi bilan olib ketish uning uchun odiy hol.

Prezident Vatslav Klausning aytishicha, rasmiy yig'inlardan qalam va daftarlarni o'zi bilan olib ketish uning uchun odiy hol.

Chexiya prezidenti Vatslav Klaus Chiliga qilgan tashrifi doirasida bergan matbuot yig'ini chog'ida ruchka o'g'irlagani video kameraga tushib qoldi.

Sensatsiyaga aylangan ushbu video lavhada Chili prezidenti Sebastyan Pinera Chexiya prezidenti Vatslav Klausni jurnalistlarga maqtab turgan vaqtda, janob Klaus stol ustida yotgan rasmiy marosimlarda ishlatiladigan qimmatbaho ruchkani pinhona cho'ntagiga solib qo'ygani aks ettirilgan.

Yakshanba kuni Chexiya televideniyasida ko'rsatilgan ushbu "o'g'irlik" lavhasi bir zumda YouTube saytiga ko'chirilib, millionlaganlar tarafidan ko'rildi.



Chexiya prezidenti matbuot kotibining "The Guardian" gazetasiga aytishicha, prezident Klaus olgan ruchka oddiy davlat yoki hukumatning belgisi tushirilgan ruchkadir. Biroq "The Guardian"ning Chili prezidenti matbuot kotibidan olgan ma'lumotga ko'ra, ruchka Chilida qazib olinadigan "lapis lazuli" nomli ko'k rangli qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan bo'lgan. Lekin Chili prezidenti mehmonlari ruchkani o'zlari bilan olib ketishlari mumkin, deyiladi Chili prezidenti matbuot kotibi bergan ma'lumotda.

Vatslav Klaus seshanba kuni bergan bayonotida aytishicha, rasmiy yig'inlardan qalam va daftarlarni o'zi bilan olib ketish uning uchun odiy hol. Masalan, o'tgan yilning oktabr oyida o'tkazilgan NATO sammitida u ruchkani, Latviya parlamentiga qilgan tashrifida esa daftarni o'zi bilan olib ketgan.

Chexiyalik Facebookchilar prezidentning bu "qilig'i"dan ta'sirlanib, Vatslav Klausga yordam sifatida alohida guruh ochishdi. Facebookdagi ushbu guruh a'zolarining har biri joriy yilning 2 may kuni Vatslav Klaus ofisiga ruchka va daftarlar jo'natishni rejalashtirishmoqda. "Aftidan prezidentimizning yozish uchun hech vaqosi yo'q", deyiladi guruhda.
XS
SM
MD
LG