Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:05

Chexiyada O‘zbekiston fuqarosi bir umrga qamaldi


Praga sudi o‘zbekistonlik Husniddin Shodiyevga 23 yillik qamoq jazosi belgiladi.
Praga sudi o‘zbekistonlik Husniddin Shodiyevga 23 yillik qamoq jazosi belgiladi.
Chexiya Oliy Sudi o‘zbekistonlik Sohibbek Yo‘ldoshboyevga nisbatan fohisha ayolni o‘ldirganlik aybi bo‘yicha chiqarilgan umrbod qamoq hukmini o‘z kuchida qoldirdi. U bilan bir qatorda sudlangan yana uch nafar o‘zbekistonlik esa 19 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi.

Mahkama 2 fevral kuni ayblanuvchi tomonning o‘tgan yil mart oyidagi Praga sudi hukmi yuzasidan shikoyatini ko‘rib chiqdi va Yo‘ldoshboyevga qo‘yilgan aybovlarni asosli deb topdi.

Sohibbek Yo‘ldoshboyev ikki yil avval ukrainalik foxishani o‘ldirish barobarida, Pragada yana bir odamni hayotiga taxdid qilish va o‘g‘irlikda ham ayblandi.

U bilan birga hibsga olinib, Praga mahkamasiga tortilgan o‘zbekistonlik yana uch muhojir - Husniddin Shodiyev, Naim Olimov va Akmal Jabborovlar sud qarori bilan 23, 25 va 19 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

- Bu ishning o‘ta jiddiyligi va qotillikning o‘ta vahshiy bir holatda sodir etilgani va bu jamiyatimiz uchun o‘ta xavfli ekanini inobatga olib sud shunday hukmni chiqardi, - degan edi Praga shahar sudi vakili Martina Lhotakova.

Ma‘lum bo‘lishicha, qotillik pul ustidagi tortishuv sabab sodir etilgan. Lhotakovaning bildirishicha, jabr ko‘rgan ukrainalik shaxs Sohibbek Yo‘ldoshboyevdan bir necha ming yevro qarz bo‘lgan.

Qarzni bermagach, Yo‘ldoshboyev ukrainalik shaxs bo‘yniga pichoq tortgan, uning fohisha sherigini bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Praga shahar sudi matbuot vakili Martina Lhotakova mahkama davomida Sohibbek Yo‘ldoshboyevning o‘z aybiga iqror bo‘lgani, qolgan sudlanuvchilarning esa qisman iqror bo‘lganlarini aytgan.
XS
SM
MD
LG