Линклар

logo-print
O‘zbekistonning davlat televideniyesi rok va rep yo‘nalishidagi musiqani "yovuz kuchlar yaratgan shaytoniy musiqa" deb ta‘riflagan.

O‘zbekiston telekanali orqali bir tomonlama tayyorlangan ko‘rsatuvda rok va rep musiqasi o‘tgan asrning 50-yillarida paydo bo‘lgani va yoshlarning miyasini zaharlash, ular orasida ahloqsizlikni targ‘ib etish uchun yaratilgani da‘vo qilinadi.

"Original" rok guruhi asoschisi va solisti bo‘lgan Davron G‘oyipov rok-n-roll musiqasida Markaziy Osiyo ohanglarini ham eshitish mumkin ekani va rok-n-rollni shaytoniy deyotganlar fikriga qo‘shilmasligini aytdi.

- Ayrim odamlarning o‘qimishsizligi oqibati bu. Chiqib buni shaytoniy, uni shaytoniy deb, odamlarni yo‘ldan urish kerak emas. Bu noto‘g‘ri. Agar rok musiqaning tagiga yetadigan bo‘lsak, ular bu musiqani bizdan olgan bo‘lishsa, hech gap emas. Chunki, kvarta, kvintada biznikilar o‘ynagan, - dedi Davron G‘oyipov.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG