Линклар

logo-print
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Kubogining "A" guruhida bellashayotgan Qarshining "Nasaf" futbol klubi 12 aprel kuni Xindistonning "Dempo" klubi mehmoni bo'lib, mezbonlarni yirik 0:4 (0:2) hisobi bilan mag'lub etdi.

Mehmondo'st qarshiliklar o'yin boshidanoq mehmondaligini unutib, o'z shiddatli o'yini bilan "Depo" o'yinchilarini sarasomiga solib qo'yishdi. O'yin 4-chi daqiqasidayoq "Nasaf"liklar o'yinni hisobini 0:1 ga o'zgartirishdi. Burchakdan kiritilgan to'pni Filiposyan darvoza oldida turgan Ilhom Yunusovga oshirdi. Yunusov esa oshirilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi.

Birinchi goldan besh daqiqa o'tmasdan "Nasaf" futbolchilari "Dempo" darvozasiga ikkinchi to'pni yo'llashga muvaffaq bo'lishdi. Bu safar Lutfulla To'rayev o'zini ko'rsata oldi. Birinchi go'l muallifi Ilhom Yunusov jarima maydonchasiga oshirgan to'pni To'rayev to'xtatmasdan Laksmikant Kattimani darvozasiga yo'lladi. Hisob 2:0.

O'yin birinchi yarmi ohirigacha hisob o'zgarmadi. O'yinning ikkinchi yariming boshi yana "Nasaf"liklarning shiddatli o'yini bilan boshlandi. "Dempo" o'yinchilari "Nasaf"ning bir necha hujumini qaytarishga erishgan bo'lsalarda, o'yinninh 72-chi daqiqasida zahiradan maydonga tushgan Shuhrat Mirxoldirshoyevning hujumini qaytarishga o'jizlik qilishdi. Mirxoldirshoyev hujumni o'zi boshlab, o'zi uni gol bilan yakunladi.

0:3 hisobi bilan o'yinni boy berayotgan "Dempo" o'yinchilari "Nasaf" darvozaboni Murodjon Zuxurov qo'riqlayotgan darvoza oldiga umuman yaqinlashmay qo'yishdi. O'yinning 84-chi daqiqasida "Nasaf"lik Andrey Pereplyotkin raqib humoyachilaridan qaytgan to'pni darvoza to'riga yo'lladi. Hisob 0:4.

Xindistonning "Dempo" klubiga qarshi javob o'yini 27 aprel kuni Qarshining markaziy stadionida bo'lib o'tadi.

Uch o'yinda 9 ochko olgan "Nasaf" OFK Kubogining"A" guruhi yetakchisiga aylandi. "Nasaf"ning keyingi o'yini
XS
SM
MD
LG