Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:27

O'zbekiston suratchi nigohida: Dmitriy Chistoprudov


Suratchi Dmitriy Chistoprudov
Suratchi Dmitriy Chistoprudov
O'zbekistonning ajdodlardan qolgan boy madaniy merosi har yili minglagan turistlarni O'zbekistonda mehmon bo'lishga chorlaydi. Ko'p hollarda turistlar orasida qiziq kadrlarni "olvash" uchun kelgan professional suratchilar uchrab turadi.

Rossiyalik suratchi Dmitriy Chuistoprudov shulardan biri. U 2010 yili O'zbekistonga safar qilib, oddiy o'zbekistonliklar hayoti va turmush tarzi aks etgan suratlar to'plamini yaratdi. "Yosh to'lqin" tahririyati Dmitriy bilan uning O'zbekistonga qilgan safari haqida suhbat qurdi.

Yosh to'lqin:
Dmitriy, siz O’zbekistonga turist qatori bordingizmi yoki fotograf qatori ijod qilish uchunmi?

Dmitriy Chistoprudov: Biz O’zbekistonga turist qatori brogan edik. O’zbekiston juda ham go’zal mamlakat ekanligini oldindan bilaman. Xiva, Samarqand va Buxoro kabi tarixiy shaharlarni o’z ko’zimiz bilan ko’rgimiz keldi. Ustyurt platosi va qurib ketayotgan Orol dengiziga borish ham nasib etdi.

Yosh to'lqin: O’zbekistonda olgan suratlaringizni o’z Internet sahifangizga qo’yibsiz. Sahifangiz mushtariylari suratlaringizga ko’p sharhlar qoldirishipti. Sharhlarning birida shunday deyiladi: “Suratlarda bitta ham so’chlari o’rilgan qizni ko’rmadim. Nahotki O’zbekiston haqida bolaligimda eshitganlarim yolg’on?” Safaringizdan oldin sizda O'zbekiston va o'zbekistonliklar haqida qanday tushuncha bor edi? Ular safaringiz davomida tasdiqlandimi?

Dmitriy Chistoprudov: Nima ham deyishim mumkin… O’zbekistonga qilgan safarimdan oldin o’zbeklar, tojiklar, umuman olganda Markaziy Osiyo halqlari hammasi bir-biriga o’xshaydi, deb o’ylar edim. Rossiyada juda ham ko’p Markaziy Osiyodan, ayniqsa O’zbekistondan kelgan mehnat muhojirlari bor. Ular asosan qurilish ishlari, ko’cha-koyni tozalash ishlari bilan mashg'ul. Rostini aytsam, ular tug’ilib o’sgan mamlakat bu qadar go’zalligini va katta madaniy boylikka egaligini tasavvur qilman edim. Xivaning eski shahri meni hayratda qoldirdi. Juda ham chiroyli. Bunday go’zal mamlakatda odamlarning yashash darajasi pastligi, ko’pchilikni ish izlab Rossiyaga ketishi sababini tushunish qiyin. Balkim bunga korrupsiya sababdir, balkim boshqa omillar bordir, aytish qiyin. Odamlar esa juda ham marhamatli va mehmondo’st. GAI (DAN) xodimlari bundan istisno, albatta.

Yosh to'lqin: Siz DAN xodimlarini tilga oldingiz. O’zbekistonda ular bilan muammolar bo’ldimi?

Dmitriy Chistoprudov: Safarimiz davomida bir necha bor DAN xodimlariga “ishimiz tushdi”. Ko’p hollarda turistligimizni tushuntirib, barcha hujjatlarimiz joyidaligini aytib, muammolarni hal qildik. Lekin bir-ikki marotaba bizdan tezlikni oshirganimiz uchun pora olishga urunishlar bo’ldi. Bir marta esa moshinamizning oynalari “zavodskoy” qoraytirilganlgani (tonirovka) uchun bizdan pul olishmoqchi bo’lishdi. Haydovchilik guvohnomamizni olib qo’yamiz, deyishdi. Mashinani “jarima stoyankasi”ga olib borib qo’yamiz, deyishdi. Biz ham bo’sh kelmadik. Mashinamizni Suzuki shirkatidan o’lganligimiz bois, biz DAN xodimlariga yaponlarga shikoyat qilishimizni aytdik. Shundan so’ng bizni qo’yib yuborishdi. Shunday bo’lsa ham O’zbekiston DAN xodimlari qozog’istonlik hamkasblaridan farqli o’laroq anchagina odamgarchiligi bor. Qozog’istonda DAN xodimlari qaroqchilik bilan shug’ullanishadi, degan hayolga borish mumkin. To’xtataverib, pul so’rayverib odamni xit qilishadi.

Dmitriy Chistoprudovning O'zbekistonga safari davomida olgan suratlar to'plamidan bir parcha. To'liq to'plamni suratchining Internet sahifasida ko'ring.



Yosh to'lqin: Fotograflar dunyoga o’zgacha ko’zlar bilan qaraydi, deyishadi. Sizga O’zbekistonda nimalarni suratga olish qiziqroq bo’ldi? Qiziqarli, hayron qoldirgan narsalar guvohi bo'ldingizmi?

Dmitriy Chistoprudov: Sizga g’alati tuyulishi mumkin, lekin meni yashash darajasi past bo’lgan joylar, pastakkina uylar, harobalar qiziqtiradi. O’zbekistonda esa bunday joylar ko’p. Shuning uchun ham biz bajonidil Urgut shahriga yaqin qishloqda bir kun tunab qoldik. Yana bir hayron qoldirgan narsa bu o’zbek taomlari – juda ham shirin va hilma-hil. Ayniqsa o’zbekcha to’ydan yorqin taassurotlar oldik. To’yga juda ko’p odam to’planar ekan. Men oddiy odamlarning hayotini suratga olishga qiziqaman. Shuning uchun ham biz Samarqadning yaqinidagi katta bozorga bordik, lo’lilar yashaydigan joyga bordik, qovun-tarvuz ekilayotgan dalalarga bordik. Shu joylarda olgan suratlarimni Internet sahifamda ko’rishingiz mumkin.

Yosh to'lqin: O'zbekistonda oddiy odamlar hayoti va ularning yashash tarzi sizda qanday taassurotlar qoldirdi?

Dmitriy Chistoprudov: Odamlar siyosat haqida gapirishdan o’zini tortadi. Gapirishga jur’at etganlar esa past ovozda gapirib, hukumatni tanqid qilishadi. Yana bir narsa - Toshkent boshqa shaharlardan ancha farq qilar ekan. Poytaxtdan uzoqlashganing sari yashash darajasi pasayib ketaveradi. Regionlarda boylar va kambag’allar o’rtasidagi katta faqr yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Hukumatga yaqin bo’lganlarning boshqalarga qaraganda yashashi ancha yaxshiroq. Oddiy odamlarning daromadi esa juda ham past. Moskva bilan solishtirganda esa choy-chaqaga ham arzimaydi. Odamlarning shu pulga eplab kun kechirayotganiniga hayron qoldim.

Yosh to'lqin: O’zbekistonga qilgan safaringiz davomida biron-bir qiziq voqea yuz berdimi?

Dmitriy Chistoprudov: Ha, moshinamiz salonning ustiga mahkamlanadigan “bagajnik” bilan jihozlangan edi. O’zbekistonliklar bunday moslamani ko’rmagan shekilli, bizni DAN xodimlari bir necha bor to’xtatishib, mashina ustida nima olib ketayotganimizni so’rashdi. Bir marta esa DAN xodimi bizni to’xtatib, tobut tashish uchun guvohnoma so’radi. (kulib) Mashina ustidagi “bagajnik” rostdan ham tobutga o’xshab ketadi. DAN xodimi esa uni “bagajnik” ekanligiga uni ochib, ichidagi zapas shinalarni ko’rsatmagunimizcha ishonmadi.

Yosh to'lqin:
Dmitriy, suhbat uchun katta rahmat.
XS
SM
MD
LG