Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:21

Dog‘iston hukumati Toshkent da‘vosini rad qildi


Abdurahmon-xoji As-Sug‘uriy nomidagi madrasada bolalarga islom asoslaridan saboq berilishi aytilmoqda.
Abdurahmon-xoji As-Sug‘uriy nomidagi madrasada bolalarga islom asoslaridan saboq berilishi aytilmoqda.
12 "jihodchi"ning Dog‘istonda terrorchilikdan saboq olgani haqidagi xabar Maxachqalada jiddiy e‘tiroz uyg‘otmoqda.

Dog‘iston Respublikasining Milliy siyosat, diniy ishlar va tashqi aloqalar vaziri Bekmurza Bekmurzayev 11 nafar o‘zbekistonlikning Dog‘istonda maxsus diniy-ekstremistik tayyorgarlikdan o‘tganini rasman inkor etdi va mazkur xabar yuzasidan rasmiy e‘tiroz bildirdi. “Dagestan” axborot agentligiga ko‘ra, O‘zbekistonda qo‘poruvchilik va diniy-ekstremistik guruh tuzganlikda ayblanayotgan shahrixonliklar Dog‘istonning rasmiy davlat o‘quv dargohi bo‘lgan “Ash -Shafiya” univyersitetida o‘qigan, xolos.

Dagestan agentligi muxbirlari tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida Maxachqala atrofi va shaharning o‘zida “Abdulla Sug‘oriy” madrasasi mavjudligi aniqlanmagan. Nomi Toshkent rasmiysi tilga olgan so‘zga uyqash Abdurahmon-xoji As-Sug‘uriy nomidagi madrasaning esa¸ Maxachqala shahrining qoq o‘rtasidagi binolarning ikkinchi qavatida joylashgani aytilmoqda.

Dagestan agentligi muxbiri Bayram Abdullayev bilan suhbatda As-Sug‘oriy diniy maktabi rahbari Abdulla hoji bu hatto madrasa ham emas, balki dastlabki diniy ta‘lim beruvchi maktab ekanligini ta‘kidlagan.

- Men u yerga suhbatlashgani kelganimda, tahsil olayotgan ësh bolalarga ko‘zim tushdi. Madrasa haqiqatan shaharning o‘rtasida joylashgan. Abdulla hoji Dog‘istondagi deyarli barcha shayxlar kabi¸ Naqshbandiya tariqati tarafdorlaridandir. Bu tariqatning terrorchilik yoki ekstremizmga mutlaqo aloqasi yo‘q, bilsangiz agar. Bu yerda yoshi kattalarga saboq berilmas ekan: Abdulla hoji maktab bolalariga namoz va Qur‘ondan dars berayapti. Mening farzandlarim ham xuddi shunday diniy maktabda haftasiga bir necha bor ikki soatdan saboq olib keladi, deydi Bayram Abdullayev.

Bayramning so‘zlariga ko‘ra, As-Sug‘uriy nomidagi diniy muassasa rahbari Abdulla hoji unga “Madrasada hech qachon xorijliklar ishlamagan va xorijlik talabalar tahsil olmagan, chunki buning uchun oddiy sharoitlar ham yo‘q”, degan.

Diniy maktab rahbari 1995 yilda tashkil topganidan buyon o‘quv dargohini namoz o‘qishni o‘rgangan va Qur‘oni Karim haqida umumiy tasavvur hosil qilgan bitiruvchilar chiqqanini ma‘lum qilgan.

Dagestan axborot agentligi muxbiri Bayram Abdullayev¸ O‘zbekiston rasmiylari terrorchiga chiqargan andijonliklarning Toshkent da‘vo qilaëtgan kabi Dog‘istondagi terror markazlari emas¸ balki davlat univyersitetida tahsil olganini aytadi.

- Aytilgan 12 nafar yigit¸ haqiqatan¸ Maxachqalada o‘qigan, faqat MVD maydonidagi “Ash-Shafiya” madrasasida. O‘zbeklar madrasada bor-yo‘g‘i 3-6 oygina islom asoslarini o‘rgangan, o‘qishni to‘la bitirmasdan ketib qolishgan. Bilishimcha ularni u yerda dars berish darajasi qoniqtirmagan, deydi jurnalist Bayram Abdullayev.

Dog‘istonda diniy tahsil olgan andijonlik yigitlarning bu yerda terrorchilikka o‘rgatilgani haqidagi xabarga munosabat bildirgan Dog‘iston Musulmonlar diniy boshqarmasi rasmiysi Magomed-Rasul Omarov o‘zbek xavfsizlik xizmati xodimlarining bu iddaolarini “provokatsiya”, deb atagan edi.

10 avgust kuni O‘zbekistonda terrorchilikka aloqadorlikda ayblanib hisbga olingan 12 nafar andijonlik yigit Dog‘istonda maxsus tayyorgarlik o‘tgani yuzasidan Dog‘iston hukumati ham o‘z rasmiy munosabatini bildirdi.

Dog‘iston Respublikasining Milliy siyosat, diniy ishlar va tashqi aloqalar vaziri Bekmurza Bekmurzayev REGNUM agentligi tarqatgan xabarning haqiqatdan yiroq ekanligi yuzasidan rasmiy bayonot tarqatdi.

“Biz Dog‘iston Respublikasi hududida ko‘rsatilgan shaxslar hech qanday jinoyatlarni sodir etmaganligini ta‘kidlaymiz. Ularning biror-bir jamoatchilikka qarshi hatti-harakat sodir etgani kuzatilmagan. Biz Dog‘istondagi diniy ta‘limotni O‘zbekistonda allaqanday “Jihodchilar” guruhlari bilan tenglashtirilishiga qat‘iy noroziligimizni bildiramiz”, deyiladi Dog‘iston Respublikasining Milliy siyosat, diniy ishlar va tashqi aloqalar vazirligi tarqatgan rasmiy bayonotda.

Jurnalist Bayram Abdullayev bilan bo‘lgan uchrashuv chog‘ida mazkur vazirlik rahbari Bekmurza Bekmurzayev o‘zbek xavfsizlik idoralarining bu kabi bayonotlari Dog‘iston jamoatchiligi tomonidan dezinformatsiya sifatida qabul qilinganini ta‘kidlagan.

“Afsuski bu Dog‘istonga qarshi e‘lon qilingan axborot urushi ko‘rinishlaridan biri. Biz buni jamoatchilik fikrini chalg‘itishga qaratilgan tashviqotchilik “utkasi” o‘laroq qabul qilamiz”, degan Dog‘iston Milliy siyosat vaziri.

REGNUM axborot agentligi O‘zbekistoning huquq-tartibot organlariga tayanib, O‘zbekistonda “Jihodchilar” diniy ekstremistik guruhiga mansub 12 shaxsning qo‘lga olingani va ularning Dog‘istondagi terrorchilik markazlarida maxsus tayyorgarlikdan o‘tib kelganini iddao qildi.

Nomi keltirilmagan O‘zbekiston xavfsizlik xodimi agentlikka guruhning fosh qilinishida Shahrixonda Mirzajon Qodirov degan shaxsning qo‘lga olinishi va uning ko‘rsatmalari muhim rol o‘ynaganini bildirgan.
XS
SM
MD
LG