Линклар

logo-print
AQShdan O‘zbekistonga qaytib borgan andijonlik qochqinlar davlat televideniyesida safdoshlariga qarshi gapirishga majburlanmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston xalq harakatining AQSh bo‘limi rahbari, Arizona shtatida boshpana topgan Islomiddin Dolimov “Ozodlik” radiosi muxbiri bilan suhbatda ta‘kidladi.

“O‘zbekistontelevideniyesi shunday ko‘rsatuvlarni ishlab chiqaryapti, o‘zbek muxolifati bir nom ostida jamlangani ortidan bu kuzatilyapti.

Ya‘niki, O‘zbekiston xalq harakati tuzilganligi sababli shunaqangi video-roliklar ishlab chiqarilyapti. Lekin, aslida O‘zbekistonga qaytib borgan bollarni hammasini men juda ham yaxshi taniyman, ba‘zi biri qo‘shnim, ba‘zilari menga shogird.

Ular o‘zi aslida bunaqa deydigan emas. Chunki, shu kungacha ham ular biz bilan aloqada bo‘lgan, bir qancha oilalarga yordam qilamiz, ular ham yaxshi biladi. Lekin, majbur ular. Ularni albatta biz tushunamiz. Ularni shunga majburlayaptiki, biz buni tushunamiz”, - dedi Islomiddin Dolimov.

So‘nggi oylarda O‘zbekistondagi televideniyelar orqali AQShdan qaytib borgan bir necha andijonlik qochqinlar va ularning oila a‘zolarining afsus va nadomatga to‘la chiqishlari berilmoqda.

Ular adashib “Akramiya” deb atalmish guruhga qo‘shilib qolganliklari va 2005 yilda ham o‘sha guruh tufayli O‘zbekistonni tark etganliklari, AQShdan prezidentning avf qilishligi haqidagi va‘dasiga ko‘ra qaytganligi va hozirda vatanda qiyinchiliklarsiz xotirjam yashayotganliklari haqida so‘zlab berishmoqda.

2007 yilning yozida O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ko‘magida Amerikadan boshpana olgan va Arizona, Aydaho va Pensilvaniya shtatlarida yashagan andijonlik qochoqlarning 100 ga yaqini O‘zbekistonga qaytishgan edi.

AQSh 2005 yil 13 may kuni Andijonda ro‘y bergan qirig‘indan omon qolgan andijonlik qochoqlarning eng ko‘pi- 250 ga yaqinini qabul qilgan.
XS
SM
MD
LG