Линклар

logo-print
Chechen partizanlari lideri Doku Umarov Moskva aeroportida sodir etilgan xudkush hujum uchun mas‘uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

Islomchilarga qarashli Kavkazcenter internet saytiga qo‘yilgan videomurojaatida Umarov Rossiyaning Kavkaz mintaqasi, xususan, Checheniston, Dog‘iston va tutash hududlarda shariat qonunlari asosida boshqariladigan Islomiy davlat barpo etish uchun shunday hujumlar yana amalga oshirilishini aytdi.

24 yanvar kuni “Domodedovo” aeroportining xorijiy reyslar yo‘lovchilari chiqadigan yo‘lakda xudkush shaxs o‘zini portlatgani oqibatida 36 kishi nobud bo‘lgan, 120 nafardan ortig‘i yaralangan edi.
XS
SM
MD
LG