Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:58

Dubayda o‘zbekistonlik ayol qo‘shmachilikda ayblanmoqda


Birlashgan Arab Amirligi prokuraturasi aybnomasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik ayol 21 yoshli moldovan qizni Dubayga farroshlik qilish va‘dasi bilan olib kelib, kvartiraga qamab qo‘ygan. U qizning pasportini tortib olib, notanish erkaklar bilan fohishalik qilishga majburlagani aytilmoqda.

Birlashgan Arab Amirligida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarda gumonlanayotgan 38 yoshli o‘zbekistonlik ayol mahkamaga tortildi.

Amirlikda chiqadigan Gulfnews nashrining yozishicha, ismi oshkor etilmayotgan bu ayol moldovalik qizni kuniga 160 dollar evaziga fohishalik qilishga majburlagan.

Ammo chorshanba kungi mahkamada ayol o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni rad etdi. Dubay mahkamasi oldida hozir bo‘lgan ayol: "Men aybdor emasman, bo‘lmagan gap", - deya hakamlar bilan tortishgan.

Birlashgan Arab Amirligi prokuraturasi aybnomasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik ayol 21 yoshli moldovan qizni Dubayga "farroshlik qilasan" degan yolg‘on va‘dalar bilan olib kelib, kvartiraga qamab qo‘ygan.

U qizning pasportini ham tortib olib, notanish erkaklar bilan fohishalik qilishga majburlagan. Mijozlardan tushgan pulni esa o‘zbekistonlik ayol o‘z cho‘ntagiga urgan.

Suddagi ko‘rsatmasida moldovalik qiz Dubayda borarga yeri bo‘lmaganligidan fohishalik qilishga majbur bo‘lganini aytgan.

- Dubayda uyim, tanishlarim bo‘lmagani uchun bunga rozi bo‘ldim. Bu ayol meni erkaklarga hizmat qilish uchun kvartirama-kvartira olib yurdi, ayrim paytlarda mijoz topish uchun u bizni tungi klublarga ham olib borardi. Kvartiradan o‘zimizcha chiqishimizni taqiqlab qo‘ygandi. Bir kecha uchun mijozlardan 1000 draham, bir soat uchun 500 draham, bir martalik xizmat uchun esa 300 draham pul olar edi, - deb aytgan moldovalik qiz o‘z ko‘rsatmasida.

Qiz mijozlarga dardini to‘kib-sochganidan keyin uning yoniga kelgan erkaklardan biri 999 raqamini terib, politsiyaga qo‘ng‘iroq qilishni maslahat qilgan.

Politsiya chaqirilganidan keyin kvartira tintuv qilinib, qo‘shmachi ayol hibcga olingan.

Gulfnews nashrining yozishicha, qo‘shmachilikda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik ayol ustidan Dubaydagi navbatdagi mahkama 16 martda bo‘lib o‘tadi.
XS
SM
MD
LG