Линклар

logo-print

Shaxmat bo'yicha amaldagi dunyo chempioni xindistonlik grossmeyster Vishvanatan Anand dushanba kuni Toshkent shahrida o'tkazgan (bir vaqtning o'zida) o'yin seanslarida o'zbekistonlik ikki yuniorga mag'lub bo'ldi, deya xabar beradi RIA Novosti agentligi O'zbekiston Shaxmat Federatsiyasidagi manbasiga asoslangan holda.

28 mart kuni o'tkazilgan bir vaqtning o'zida o'yin seanslarida grossmeyster Vishvanatan Anand 20 nafar yosh shaxmatchiga qarshi o'yin olib borib, umumiy 15-5 xisobi bilan g'alaba qozondi. Seans davomida o'zbekistonlik olti yosh sportchi Anand bilan durang o'ynashdi. Ikki yunior - shaxmat bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasining azosi Xulkar Toxirjonova va 10 va 12 yashar sportchilar orasida O'zbekiston chempioni Temur Igoninlar grossmeysrter Anand ustidan g'alabaga erishdilar.

Eslatib o'tamiz, grossmeyster Vishvanatan Anand Toshkentga 27 mart kuni FIDE versiyasi bo'yicha sobiq dunyo chempioni o'zbekistonlik grossmeyster Rustam Qosimjonov bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish uchun kelgan edi. Toshkentdagi "Interkontinental" mehmonxonasida o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida Anand 17-jahon chempiono Qosimjonov ustidan 3,5 - 0,5 hisobi bilan g'alaba qozongan edi.

XS
SM
MD
LG