Линклар

Kecha Ginness rekordlar kitobiga dunyodagi eng keksa odam sifatida kiritilgan braziliyalik ayol 114 yoshda vafot etdi.

Xabarlarga ko‘ra, Mariya Gomez Valentim (Maria Gomez Valentim) bir necha ichki a‘zosi ishlamay qolgani oqibatida seshanba kuni olamdan ko‘z yumgan.

Hayot bo‘lganida 9 iyul kuni u 115 yoshga to‘lgan bo‘lardi.

Bu ayolning 114 yil 347 kun yashagani umri davomida sog‘lom ovqat iste‘mol qilgani bilan izohlanmoqda.

Mariya Gomez Valentim vafot etgani munosabati bilan dunyodagi eng keksa odam maqomi AQShning Jorjiya shtatida yashovchi Besse Kuperga (Besse Cooper) o‘tdi.

Kuper braziliyalik ayoldan atigi 48 kunga yosh.
XS
SM
MD
LG