Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:11

Dunyoning eng yirik Google qidiruv tizimi Microsoft korporatsiyasini og’irlikda aybladi


Google korporatsiyasining iddaosiga qilishcha, Microsoft kompaniyasiga tegishli Bing qidiruv tizimi Google qidiruv natijalarini o’g’irlab, o’z qidiruv natijalari qatorida ko'rsatib kelmoqda.

Buni Microsoft korporatsiyasi oddiy tasodif deb izohladi. Bu javobdan qoniqmagan Google hodimlari haqiqatni yuzaga chiqarish uchun o’z kichik tadqiqotini o’tkazishdi va natijalarini keng ommaga taqdim etishdi.

Tadqiqotda Google qidiruv tizimiga yuzdan oshiq hech qaysi tillarda yo’q yasama so’zlar kirgizildi va bu yasama so’zlarga qidiruv berilganda ularga umuman aloqasi yo’q saytlar manzillari ko’rsatildi. Googlchilar bu yasama so’zlarga qidiruv natijalarini o’z qidiruv tizimidan va boshqa qidiruv tizimlaridan kuzatib borishdi. Tadqiqot boshlangan kundan ikki hafta o’tib, huddi Google qidiruv tizimi berayotgan javobni Bing ham bera boshladi.

Google qidiruv tizimi hozirda internetda mashhurligi bo'yicha birinchi o'rinda bormoqda (u 70% qidiruv so'rovlarini amalga oshiradi). Hozirda u oyiga 41 mlrd. qidiruv so'rovlarini amalga oshiradi. 2009 yilgi ma'lumotga ko'ra, Google 8 mlrd. dan ortiq veb sahifalarni indeksatsiyalagan. Google 191 tadan ortiq tillarda so'rovlarni qayta ishlaydi.
XS
SM
MD
LG