Линклар

logo-print
Kecha Ispaniyaning Kataloniyasida "Barselona" futbol jamoasi o'z uyida Madridning qirollik klubi "Real"ni qabul qildi. Revansh o'yini bo'lmish navbatdagi "el klassiko"da 1:1 durang natijasi qayd etildi.

Bir hafta oldin Madridda o'tgan o'yinda "Real" ustidan 0:2 hisobi bilan g'alaba qozongan "Barselona", ikki o'yin natijasiga muvofiq Chempionlar Ligasining birinchi finalchisiga aylandi.

Hujumlarga va xavfli vaziyatlarga boy bo'lgan o'yinda "Barsa"ning ustunligi yaqqol sezilib turdi. Shu o'rinda esa, bir necha bor shiddatli zarbalarni qaytargan "Real"ning darvozaboni Ikar Kasiliasga alohida tasannolar aytib o'tish lozim.

Birinchi gol o'yinning ikkinchi yarmida "Barsa" o'yinchisi Pedro tarafidan kiritildi. "Real"ning javoban kiritgan goli esa 10 daqiqadan so'ng qirollik klubining braziliyalik himoyachisi Marselo tarafidan darvozaga yaqin masofadan kiritildi.

Eng qiziqarlisi shu-ki, "Real"ning mashhur hujumchisi Krishtiano Ronaldo qirollik klubining eng katta raqibiga qarshi o'tgan kechagi o'yinda biror marta ham raqib darvozasiga qarata zarba berolmadi.

"Ming marta o'qigandan ko'ra, bir marta ko'rgan yaxshi" - (internetchi maqolasi)



Bugun Old Trafford stadionida Chempionlar Ligasi yarim finalining ikkinchi juftligi javob o'yini o'tkazadi. "Manchester United" o'z uyida Germaniyaning "Shalke" klubini qabul qiladi. Eslatamiz, Germaniyada o'tgan o'yinda "Shalke" jamoasi angliyaliklarga 0:2 hisobi bilan o'yinni boy bergan edi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG