Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 03:29

Elchi: O‘zbekiston Pokistonga 800 MVt elektr eksport qila oladi


O‘zbekistonning Islomoboddagi elchisi Oybek Usmonov O‘zbekiston Pokistonga 800 MVt elektr energiyasini eksport qilishga tayyor ekanini ma‘lum qildi.

Buni Assosieyted Press Pokiston axborot agentligi xabar qildi.

Elchi Usmonov Pokistonning Savdo-sanoat palatasi federatsiyasi prezidenti va senator Xoji G‘ulom Ali bilan uchrashuvda O‘zbekiston Afg‘onistonga 300 mVt elektr energiyasi eksport qilayotganini va Peshavor orqali Pokistonga juda yaxshi narxda 800 MVt elektr energiyasi yetkazib bera olishi mumkinligini aytgan.

Yaqin fursatda Islomobod va Toshkent o‘rtasida O‘zbekistondan Pokistonga 1000 MVt elektr eksport qilish borasida muzokaralar boshlanishi rejalangan.

Oybek Usmonov va Xoji G‘ulom Ali o‘rtasidagi uchrashuvda Pokistonning Savdo-sanoat palatasi federatsiyasi mamlakatning turli viloyatlaridan 100 nafar tadbirkorni O‘zbekistonga jo‘natishi haqida kelishib olindi.

Bundan ko‘zlangan maqsad davlatlar o‘rtasida savdo va invyestitsiya aloqalarini kengaytirishdan iborat.
XS
SM
MD
LG