Линклар

logo-print
Britaniyalik taniqli ashullachi Emi Uaynxaus Londondagi uyida o‘lik xolda topildi.

London politsiyasi Uaynxaus Kemden-skvyerdagi uyida o‘lik xolda topilganini tasdiqladi va o‘lim sabablari o‘rganilayotganini bildirdi.

So‘nggi yillarda Emi Uaynxaus ichkilik va giyohvandlikka ro‘ju qo‘ygan va katta sahnada ko‘rinmay qolgan edi.

2008 yilda Emi Uaynxaus beshta yo‘nalish bo‘yicha “Gremmi” mukofotini olgan va uning ijrosidagi “Rehab” qo‘shig‘i o‘sha yilning eng sara ashullasi deb topilgandi.

Emi Uaynxaus 27 yoshida olamdan o‘tdi.

Afsonaviy Rolling Stones guruhi asoschisi Brayan Jons, mashxur gitarist Jimmi Hendriks, taniqli ashullachi Jenis Joplinlar ham aynan shu yoshda hayotdan ko‘z yumgan edi.
XS
SM
MD
LG