Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:44

Endi tug'ilmagan homilani ham Facebookga qo'shsa bo'ladi


Facebook ijtimoiy tarmog'idan foydalanayotgan ota-onalar endi o'z homilasini, ya'ni tug'ilajak farzandini tarmoqdagi qarindoshlari safiga qo'shish imkoniyati ega bo'ldilar.

Qariyb 750 million foydalanuvchisi bor Facebook sayti o'z foydalanuvchilariga tarmoq ichidagi qarindosh-urug'larini "oila" punktida ko'rsatib qo'yish mumkinchiligini berib kelgan edi. Endi esa bu punktga hali tug'ilmagan, lekin ona qornida bo'lgan bolani ham qo'shish imkoniyati berilmoqda. Tug'ilajak homilani "oila"siga qo'shmoqchi bo'lgan Facebookchi uning ismi va taxminiy tug'ilish sanasini ham ko'rsatishi mumkin. Bu xizmatni Facebook o'tgan hafta ishga tushirdi.

Homila "oila"siga qo'shilgan zahotiyoq foydalanuvchining tarmoqdagi do'stlari o'z "devor"larida bu haqda xabar olishadi.

Facebookdagi har bir yangilanish har xil mulohaza va baholarga sabab bo'lgani kabi, bu yangi funksiya ham birovga yoqib, birovga esa yoqmadi.

Britaniyaning Daily Mail gazetasiga ko'ra, ijtimoiy tarmoqdagi bu yangilik farzand kutayotgan ota-onalarning tug'ilajak bolasiga nisbatan bo'lgan mehrini yanada oshiradi va ular Facebookni qonunlariga zid ravishda chaqaloqga alohida shaxsiy sahifa ochishmaydi (12 yoshdan yuqori bo'lganlargina Facebookda ro'yxatdan o'tishlari mumkin).

Biroq boshqalarning fikricha, tug'ilajak farzandini Facebookdagi "oila"siga qo'shgan, biroq keyinchalik u homilasni yo'qotgan ota-onalar uchun bu yagilik qattiq zarba bo'lishi mumkin.
XS
SM
MD
LG