Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:32

Enrike Iglesias o'zbekistonlik bilan birga duetda qo'shiq kuyladi


O'zbekistonlik Ulug'bek (chapda) ashula aytish va aroq ichishda Enrike Iglesiasdan (o'ngda) qolishmasligini sahnaga chiqib isbotladi.
O'zbekistonlik Ulug'bek (chapda) ashula aytish va aroq ichishda Enrike Iglesiasdan (o'ngda) qolishmasligini sahnaga chiqib isbotladi.
2008 yilda O'zbekistonga tashrifi chog'ida Gulnora Karimova bilan birga duetda qo'shiq kuylagan taniqli ispanilyalik ashulachi Julio Iglesiasning o'g'li Enrike Iglesias ham o'zbekistonlik bilan sahnaga chiqdi.

13 aprel kuni Rossiya poytaxti Moskvadagi "Olimpiyskiy" sport majmuasida bergan konserti cho'gida Enrike Iglesias oldingi qatordagi muhlislari orasida rus qiz va o'zbekistonlik yigitni sahnaga taklif qildi. O'zini Ulug'bek deb tanishtirgan o'zbekistonlik yigit ingliz tilini bilmasa-da, Iglesias bilan birga duetda qo'shiqchining ikki qo'shig'ini ijro etdi.

24 yashar Ulug'bekning mahorat bilan ijro etgan qo'shig'idan ta'sirlangan Enrike Iglesias unga o'zining bekvokalidan ish taklif etdi, deb yozadi LifeNews veb-sayti.

Sahnadagi o'zbek-ispan dueti viski ichish tugadi. Viskidan boshi aylangan Enrike Iglesias rossiyalik tenniski va model Anna Kurnikovaga uylanganini birinchi bor ochiqchasiga e'lon qildi.



Ovozi Ispaniya mamlakatining fahri hisoblangan Enrike Iglesiasning otasi, taniqli san'atkor Julio Iglesias 2008 yili Gulnora Karimova tashkil etgan "Style.uz" moda hafaligiga mehmon sifatida taklif etilgan edi. O'shanda Iglesias Gulnora Karimova bilan birga duetda o'zining "Bessame, bessame mucho" (Bo'sa ol mendan, ehtirosli bo'sa ol) qo'shig'ini birga kuylagan edi.
XS
SM
MD
LG