Линклар

logo-print

Erdo‘g‘on Isroildan kechirim so‘rashni talab qildi


Erdo‘g‘on Isroil kechirim so‘ragandan keyingina Turkiya-Isroil munosabatlari yaxshilanishini bayon qildi.

Erdo‘g‘on Isroil kechirim so‘ragandan keyingina Turkiya-Isroil munosabatlari yaxshilanishini bayon qildi.

23 iyul kuni Turkiya Bosh vaziri Rajap Toyib Erdo‘g‘on Isroildan o‘tgan yilning 31 may kuni “Ozodlik flotiliya”siga qilingan hujum uchun kechirim so‘rashni talab qildi.

Istanbulda Falastin vakillari bilan uchrashuv paytida gapirgan Erdo‘g‘on agar kechirim so‘ralmas ekan, Anqaraning Isroil bilan munosabatlari yaxshilanishini kutish “mazmunsiz” deya ta‘kidladi.

Rasmiy Anqara Isroildan halok bo‘lganlarning oilalariga tovon puli to‘lashni va G‘azo mintaqasidagi qamalni olib tashlashni talab qilib keladi.

2010 yilning 31 may kuni Turkiyaga qarashli kemada G‘azo mintaqasiga insonparvarlik yordami olib ketayotgan “Ozodlik flotiliya”siga Isroil harbiylari uyushtirgan amaliyot chog‘ida 9 nafar turk halok bo‘lgan edi.

Isroil tomoni to‘qqiz kishining o‘limi yuzasidan afsuslanish bildirgan, lekin Isroil harbiylari o‘zini himoya qilish maqsadida o‘t ochganini aytib, kechirim so‘rash va tovon puli to‘lashni rad qilib keladi.

Isroil-Turkiya munosabatlari 2008 yilda Isroil harbiylari Falastinga qarashli G‘azo sektoriga hujum uyushtirganidan keyin soviy boshlagan.
XS
SM
MD
LG