Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:05

Eronda prezident borgan zavodda portlash bo‘ldi


Eronda prezident Mahmud Ahmadiynajod borgan yog‘ zavodida sodir bo‘lgan portlash sabablari texnik muammolar bilan izohlanmoqda.

FARS axborot agentligi xabariga ko‘ra, portlash natijasida 6 kishi jarohatlangan.

O‘sha kezda zavodda bo‘lgan prezidentga ziyon yetmagan va portlashdan biroz o‘tib u Obodon shahridagi yog‘-moy ishlab chiqarish sohasining istiqboliga oid avvaldan rejalashtirilgan nutqi bilan televideniyeda chiqish qilgan.

Agentlik xabariga ko‘ra, zavoddagi portlash uning xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan texnik xato natijasida yuz bergan va o‘t o‘chiruvchilar portlashdan keyingi yong‘inni tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG