Линклар

logo-print

Facebook sayti foydalanuvchilarining soni 610 milliondan oshdi. Bugun Facebook sayti internetadgi ijtimoiy tarmoqlarning eng kattasi bo'lib qolmoqda.


Saytning bergan statistikasiga tayanadigan bo'lsak, ayrim mamalakatlarda aholining yarmi Facebookda o'z shaxsiy sahifasiga ega.

Foydalanuvchilar bo'yicha birinchi beshtalikka quyidagi mamlakatlar kiradi:

1. AQSh - foydalanuvchilar soni 148 216 200
2. Indoneziya - foydalanuvchilar soni 34 329 000
3. Buyuk Britaniya - foydalanuvchilar soni 27 917 760
4. Turkiya - foydalanuvchilar soni 25 127 700
5. Fillipin - foydalanuvchilar soni 21 759 280

O'zbekiston esa bu ro'yxatda 51340 Facebook foydalanuvchisi bilan 147-o'rindan joy olgan. Qozog'iston mintaqa mamalaklari orasida eng ko'p Facebook foydalanuvchilari bor mamalakat bo'lib qolmoqda - Qozog'istonda ularning soni 228620 nafarni tashkil etadi.

Eslatamiz, Facebook internet tarmog'ining asoschisi taniqli Mark Zukerbergdir. U bir qator do'stlari yordamida Facebook saytiga 2004 yilda asos solgan. Bugungi kunga kelib Mark Zukerberg dunyoning eng yosh milliarderlaridan biri, deb hisoblanadi - uning Facebookdagi aksiyalarining bahosi qariyb 7 milliard AQSh dollariga teng.

'Time' jurnali Zukerbergni 2010 yilning eng mashhur odami, deb e'lon qilgan edi.
XS
SM
MD
LG